Izohli lug‘at
ostin-ustun
остин-устун
Ma’nolari
- Biri ustidan ikkinchisi; ikki qavatli, qavat-qavat.
- Xarob, vayron; toʻs-toʻpolon.
- Ostin-ustun qilmoq; Chalgʻitmoq, buzmoq.
Misollar
- Ostin-ustun imoratlar.
- Hamma yoq ostin-ustun, Ostin-ustun qilmoq. Ostin-ustun boʻlmoq.
- Shamolning qudrati hazilakam emas. U sahroni ostin-ustun qilib, qum tepalarni uchirib olib yuradi. — "Fan va turmush".
- Yoqubjon mening mudroqqa moyil tanimga gʻulgʻula soldi, xayollarimni ostin-ustun qilib yubordi. — M. M. Doʻst — Lolazor.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0