Izohli lug‘at
ostona
остона
Ma’nolari
- [f. kiraverish, boʻsa-
- gʻa; arafa; shohsaroyi; daxma] 1 Eshik, dar-voza chorchoʻpining ostki koʻndalang yogʻochi; binoga, hovliga kiraverishdagi yerga koʻn-dalang yotqizilgan yogʻoch, taxta, xarsang va sh.k.; boʻsagʻa.
- Uy, xonadon, dargoh.
- Qishloq yoki shaharga kiraverishdagi joy, boʻsagʻa.
- Biror voqea yoki hodisaning boshlanishiga yaqin qolgan payt; arafa.
- geogr. Daryo ostidagi, baʼzan suvdan chi-qib koʻrinib turadigan va suv oqimini tez-lashtirib, kemalar qatnovini qiyinlash-tiradigan balandroq joy, doʻnglik.
Misollar
- Baland ostona. Uy ostonasi. Koʻcha eshik ostonasi. sht Eshik qattiq tepki bilan ochildi-yu, ostonada chuvalchang-day chuvak., bir kishi paydo boʻldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Ahmad brigadir Nus-ratbekni yangi darvoza ostonasida koʻrishi bilanoq ahvoli ruhiyasini tushundi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi.
- -Shu yer tufayli bizlar sening ostonangga bosh egib, qulluq qilib keldik, — dedi Oyimxon. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Sanʼat shunday buyuk dar-gohki, uning ostonasiga qadam qoʻydingmi, orqaga chiqishning imkoni yoʻq. — "Saodat".
- Iskandar Xoʻjand ostonasida qattiq talafot koʻrgan. — Mirmuhsin — Temur Malik.
- Chekingan dushman qishloq ostonasidagi tepalikka chiqib olib, qarshilik koʻrsata boshladi. — N. Safarov — Komissar Qoraboyev.
- Hali esini tanimagan, oʻt-olov bola shu yerda balogʻat ostonasiga yetdi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Yurtim, seni yana qutlab qoʻyayin, Qutlugʻ Yangi yilning ostonasida. — A. Oripov — Yillar armoni.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0