Izohli lug‘at
otaxon
отахон
Ma’nolari
- Kishilar oʻz otasiday hurmat qiladi-gan keksa odam.
- Oʻz sohasida yoshlarga rahnamo keksa kishi.
- Otaxon (erkaklar ismi).
Misollar
- Kulgi taqqa toʻxtadi, qayoqdandir, temir hassasini doʻqillatib Boboqul ota — qishloq bolalarining yaqin otaxoni paydo boʻldi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Otaxon shoirlarimiz.
- Otaxon, deyman, oʻyinga usta ekansiz-ku. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Kelib chiqishi
1 Keksa kishilarga hurmat uchun qoʻllanadigan murojaat shakli. Urmonjon
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0