Izohli lug‘at
otilmoq
отилмоқ
Ma’nolari
- Otmoq 1, 3, 5-6, 9-12 fl. majh. n.
- Otmoq 3 fl. oʻzl. n.
- Oʻzini biror tomonga urmoq.
- Shiddat bilan yuqoriga koʻtarilmoq.
- Oʻz ixtiyori bilan talabgor boʻ-lib chiqmoq, safarbar boʻlmoq.
Misollar
- Yaqinda uchta boʻri otildi. Aytshx-gan soʻz — otilgan oʻq. — Maqol. n
- Ogʻzi katta qora toʻplar Otildi maydon ichinda, Mard yigitning shirin joni Sotildi maydon ichinda. — "Ravshan".
- Shu vaqt komanda berildi: "Saflan!" Normat Adolatning shirmoy yuzidan oʻpdi va ona bagʻriga otildi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Qamariddin otilib kelib, uning boʻyniga pichoq sanchdi. — "Yoshlik".
- Yoʻlchi keskin harakat bilan qayrshgib, tashqariga otildi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qaynab chiqar neft buloqlari. Fontan boʻlib otilar tikka. Oʻ. — Mirzo.
- Sharshiab otilib chiqayotgan artezian suviga boshini tutib turdi. — S. Ahmad — Ufq.
- U birinchi otilib chiqib, paranji taishagan xotin. m
- Xalqqa erk uchun, non uchun, madaniyat uchun kurashga otilmoq kerak. — Oybek — Nur qidi-rib.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0