Izohli lug‘at
otmoq
отмоқ
Ma’nolari
- Koʻlni siltab yoki qulochkash-lab, qoʻlidagi narsani uzoqqa yoki moʻljal-ga irgʻitmoq, uloqtirmoq.
- Tashlamoq, irgʻitib yubormoq.
- Oshiq otmoq q. oshiq II 2.
- Shiddat bilan biror tomonga, joyga tashlamoq yoki tashlanmoq, otilmoq.
- Koʻtarib yerga urmoq, yiqitmoq (ku-rashda).
- Chekmoq; tortmoq.
- Tortmoq, ichmoq (ichimlik haqida).
- koʻchma kam qoʻll. Uloqtirib tashlamoq, tark etmoq, yigʻishtirmoq.
- Chiqarmoq, yozmoq, yoymoq (asosan oʻsimlik haqida).
- Tomir otmoq q. tomir. Tong otmoq q. tong.
- Biror qurol vositasida oʻq, tosh, snaryad va sh.k. uzmoq.
- Otish quroli vositasida urib shi-kastlamoq yoki oʻldirmoq.
- Kuch bilan itarib, itqitib chiqarmoq; uchirib yubormoq.
- Qoʻymoq, tashlamoq.
- Oybek, Tanlangan asarlar. Gap (yoki piching) otmok, Kinoya, kesatiq maʼnoli gap, soʻz aytmoq; piching qilmoq. U
- Uchmoq, sirgʻanmoq.
- Nafsi hakkalak otadi Mazaxoʻrakka oʻr-ganib, nafsini tiyolmaydi. Shataloq otmoq K- shataloq.
Misollar
- Tosh otmoq. Granat otmoq. Koʻpga kesak otma. — Matal. n
- Yormat pichoqni sugʻurib olib, uzoqqa otdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Tanti-boyvachcha koʻrpachaga bemalol oʻtirib, doʻp-pisini bir chekkaga otdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Gulnor hushsizlangan kabi, boshini onaning tizzasi-ga otdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bolakay, yastanib yotgan poyonsiz lolazordan yugurib kelib, oʻzini uning quchogʻiga otdi. — "Sharq yulduzi".
- U[Siddiqjon] hozir kurashda raqi-bini yonboshga olib otgan. — A. Kdhhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Qoʻtosni otmadi, zur bilan uni maydonning chetiga — qattiq yerga sudradi. — A. Qahhor — Sarob.
- Chori ota bar-moqlari titrab, nos otdi. — S. Nurov — Nar-von.
- Shu vaqtda kimdir, burnaki otgandek, qayta-qayta apshurdi. — Oybek — Navoiy.
- Esonboy chorpoyaga chiqib, u bilan yonma-yon oʻtirganda, chol jinday otib olganini sezdi. — "Yoshlik".
- Qoʻlingdan kel-gancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot! — Ergash Jumanbulbul oʻgʻli.
- Chechak otmoq. Palak otmoq. Kurtak otmoq. yash Hademay karnay-gullar, juda hafsala bilan chiroyli qilib tortilgan iplarga chirmashib, katta-kat-ta yapro/oʻshr otdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Zilol suvli sharshara yonida ikki bahaybat chinor, Bobur zamonidan guvohlik berib, shox otib turibdi. — H. Hasanov — Ek-vatordan oʻtganda.
- Bagʻriga kimgadir baxt, kimgadir qaygʻu yuklab, yana tong otmoqda. — "Yoshlik".
- Sopqon otmoq. Kamalak otmoq. Minomyot(dan) otmoq. Otgan oʻq qaytmas. — Maqol.
- Yotib qolguncha, otib qol. — Maqol. n
- Tanklarimiz duishanning oldingi okoplaridan oʻtib, tankka qarshi otadigan batareyani toʻpga tuta boshladi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Oʻrdak otmoq. Quyon otmoq. yat [Yoʻlchi] Tishini qisirlatib dedi: -Toʻpning ogʻziga qoʻyib, otib yuboringlar meni, qonxoʻrlar! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Baʼzan qiziqsinib, biz ham kaptar otib koʻrmoqchi boʻlardik. — Shukrullo — Saylanma.
- Shisha probkasini otib yubordi. Vulqon yuz tonnalab olovlangan togʻ jinslarini havoga otdi. n
- Suv dam oqizib ketadi, dam chetga otadi. — S. Ahmad — Ufq.
- Shior otmok. Masalani oʻrtaga otmok- n
- Dastlab bu gapni dadangiz oʻzlari oʻrtaga otdilar.
- kelin oyisini ochik-oshkor suymas, kesatib, piching otib, uning koʻngliga ozor berar edi. S. — Zunnunova — Koʻk chirokdar.
- Yaxmalak otmok-Konki otmoktt Mening yoshligimda birga oshiq oʻynab, yaxmalak otib oʻsgan bir ogʻaynim bor. — Shukrullo — Saylanma.
- Qizinghozir kayokni xohlasa, oʻsha yokka shatalok otib, chopib yuribdi. — Mirmuhsin — Umid.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0