Izohli lug‘at
ov
ов
Ma’nolari
- Yovvoyi hayvon, baliq, qush va shu kabilarni turli yoʻllar bilan tutish, ovlash yoki otish.
- Ov qilmoq 1) ov ishi bilan shugʻullan-moq; 2) biror kimsani qoʻlga olish uchun uning payiga tushmoq. Ov qushi Ilvasinga solinadigan qush (maye. qirgʻiy). Ovi yurishmoq yoki ovi baroridan kelmoq Ishi yurishmoq, koʻzlangan maqsadga erish-moq.
- Ov qilinadigan, ovlanadigan joni-vor; ilvasin.
- Qoʻlga tushirilishi moʻljal-langan kimsa yoki narsa.
- Ovchining oʻljasi.
- Sodir boʻlishi kutilayotgan biror voqea-hodisa haqida.
- Murid ovi Eshon va xoʻjalarning muridlarni tovlash uchun uzoq-yaqindagi muridlarinikiga qilgan safari.
Misollar
- Baliq ovi. Bedana ovi. Mergan ovda bilinar, botir — yovda. — Maqol.
- yash Rahimov kuyovni tez-tez Toshkentga chorlab turardi. Kuyov ov ishqibozi edi. Mirvali koʻp qiyin-chiliklar bilan bu togʻlarga oʻrgatgan kiyik-larni u qiyratardi. — S. Ahmad — Jimjitlik.
- -Ovi yurishib ketibdi! —
- deb ammamga qaragan edim, ensasi qotib, ijirgʻanib oʻtirgan ammam kinoya bilan dedi: -Ovi yurish-masinmi, axir bir kunda ikki-uch joyni ov-lasa! — Gazetadan.
- Ovga boy choʻl. Shu kunlarda Oloy togʻida ov kom.
- Yumaloq, qoragina odam qoʻlidagi toʻpponchani mahkam ushlagani holda gandiraklab, soʻkinib.. "ovini" qidira boshladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Arslon ogʻzidan ov olinmas. — Maqol.
- shsh Suvonjon, tuzoqqa ilingan ovni chiqarib yuborishdan qoʻrqqan ovchidek, qizni mahkam quchoqlaganicha, yongʻoq tomonga keta boshladi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Xalq qimirlab qoldi. Odamlar qulogʻi ovda. Turli-tuman mish-mish gaplar. Odam/shr aniq bir tasav-vurga ega boʻlmagani uchun har kim oʻz holicha fol ochardi. — "Yoshlik".
- -Ha, eshon nega ketdi ekan? - Tirikchilik-da! Ha, murid oviga chiqib ketgan ekan-da, eski hunar! — P. Tursun — Uqituvchi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0