Izohli lug‘at
ovloq
овлоқ
Ma’nolari
- Ov qilinadigan qush va \ay-vonlar serob joy.
- Markazdan uzoq, chet joy; kimsasiz yer.
- Pastqam, xil vat joy, odamdan xoli joy; pastqamlik, xilvat.
- Ovloqsa yurmoq Chetda yurmoq, jamo-atdan yoki ishdan oʻzini olib qochmoq.
- rvsh. shv. Kishilardan xoli; tanho.
Misollar
- Tirikchiligini shikordan topadigan har bir ovchi shikor uchun ovloqqa yolgʻiz bir oʻq bilan chiqsin. — "Fan va turmush".
- Ovloqda yashamoq. n
- Toshkentning shunday biqinida yetti uxlab tushga kirmaydigan ajoyib ovloq joylar borligi hammani hay-ratga solar edi. — M. Mansurov — Yombi.
- Joʻra-lari bilan shu ovloq orolchada oʻtkazgan baxtiyor kunlari yodiga tushdi. — A. Koʻchimov — Halqa.
- Sevargul to onasi ovloq koʻchaning muyulishida koʻzdan pana bul-guncha qarab turdi. — N. Qilichev — Chigʻiriq.
- Kimyoxon ikki-uch kun Azizaxonning yoʻlini poyladi, nihoyat, ovloqroq bir joyda uch-rashdi ham. — N. Aminov — Qahqaha.
- Ularni odamlar nigohidan na quyuq bogʻlar, na tun zulmati, na biron ovloq goʻsha yashira oladi. — O. Muxtor — Buxorolik bir yigit.
- IAkram] ..Kasaba tashkilotidan ovloqroq yurishga harakat qilardi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Oyjamol ovloq oʻtirgan paytda qiziga gap tashlab koʻrdi. — "Yodgor".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0