Izohli lug‘at
oydin
ойдин
Ma’nolari
- sft. Oy chiqib, hamma yoq oy nuri bilan yorigan, yorugʻ.
- Koʻr (yoki xira) oydin Bulutlar orasidan oʻtib tushayotgan oy yogʻdusi va shunday yogʻdu bilan yorishgan kecha.
- Oy nuri, yogʻdusi.
- Oydinda oyogʻim qiladi Menga hech qi-yinchiligi yoʻq, koʻzimni yumib ham qila olaman.
- Aniq, koʻrinib, bilinib tur-gan, ravshan.
- Oydin (xotin-qizlar ismi).
Misollar
- Oydin kecha, m
- Kecha oydin, qabriston tip-tinch. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Xira oydinda qop-qora haykalday boʻlib bir otliq koʻrindi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Sutdek oydin Begʻubor, yop-yorugʻ oy yogʻdusi va shunday yogʻdu bilan yorishgan kecha.
- Mengliboy chakmonini yelkasiga tashlab, qoʻylardan xabar olgani tashqariga chiqqanda, sutdek oydin edi. — S. Ahmad — Yulduz.
- [Otabek] Ichidan ta-qingan xanjarini qinidan sugʻurib oldi-da, damini oydinga solib boqdi. — A. Qodiriy — Oʻt-gan kunlar.
- Olisdagi uylarning toshari oydinda yiltiraydi. — Oybek — O.v. shabadalar.
- Bu masala hamma uchun oydin. n
- [Hop:] Hammaga qorongʻi boʻlsa ham, menga oydin. — Hamza — Paranji sirlari.
- Bular bari, ogʻa, oftobday oydin gaplar, lekin shularni Yaxshiboyevning ham oʻylagan-oʻylamaganligi meni bir oz taajjubga soladi. — M. M. Doʻst, Lolazor.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0