Izohli lug‘at
palak
палак
Ma’nolari
- Qovun, bodring kabi oʻsimliklarning yerda yoyilib oʻsadigan tana, shox va barglari.
- Palak otmoq Ildiz otmoq, avj olmoq; koʻpaymoq, mustahkamlanmoq.
Misollar
- Qovun palak otibdi. Palak yozgan tarvuz. yat Domlalarni choi va dasturxon tayyor boʻlguncha ovutib turish uchun mulla Obid palakdan uch-toʻrtta qovun uzib chiqadi. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Ishkom va shaftolilar uchastka chetidagi qovun-tar-vuz palaklari ustidan oʻz soyalarini iigʻib olmoqda edi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Natijada VIII—IX asrlardan byushlab Termizda sayid-lar avlodi palak otib, mashhur boʻlib ketdi. — "Fan va turmush".
- Chunki bu yerda rasmiyat-chilik palak otgan: mendan ketguncha, egasi-ga yetguncha, qabilida ish tutilmoqda. — Gazetadan. Tup qoʻyib, palak otmoq Mustahkam oʻrnashib, margabasi oshmoq; bola-chaqali boʻlib ketmoq. Stansiyadagi moʻʼtadsh1
- havo sekin-asta Salimjonni avval dotsent, keiin professor qilib, tup qoʻyib, palak ottira boshladi. — Mirmuhsin — Umid.
- Qaytish bizning qismatimizda boʻlmasa, sizlarda bordir. Zurriyotimiz ota yurtda tup qoʻyib, palak otsa, ming bor shukr qilamiz. — "Yoshlik".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0