Izohli lug‘at
pardali
пардали
Ma’nolari
- Parda tutilgan, parda bilan toʻsilgan, ajratilgan.
- Organik pardaga ega boʻlgan, parda bilan qoplangan.
- Mustaqil pardalardan, qism-lardan iborat boʻlgan.
- Ochiq-oydin ifodalanmay, shama, qochirim bilan aytilgan, yashiringan, niqoblangan, niqobli.
Misollar
- [Hamdamforma/ Hovlining orqasiga oʻtib, yovonga qarab ochi-ladigan oq pardali bir derazani tirnogʻi-ning orqasi bilan bir-ikki chertdi. — S. Ayniy — Qullar.
- Olimjon sartarosh usta Gʻani-ning doka pardali derazasini chertdi. — N. Aminov — Qahqaha.
- Oʻrdakning pardali panjasi.
- Toʻrt pardali sahna asari. Kunlarning birida Xurshid oʻzining "Eski odat qurboni" nomli bir pardali pye-sasini oʻqidi. — F. Joʻrayev — Obid Jalilov.
- Pardali qilib ga-pirmoq. m
- Boshim shishgan. Sening bu pardali gaplaringdan hech narsa tushunolma-yotirman. — S. Ayniy — Doxunda.
- [Husayn Boyqa-poj Baʼzi yaqinlaridan pardali shikoyat qil-di. — Oybek — Navoiy.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0