Izohli lug‘at
parishon
паришон
Ma’nolari
- Har tomonga sochilgan, toʻzgʻigan, tartibsiz.
- Bir yerga toʻplanmagan, boʻlin-gan, sochilgan, tarqoq (fikr-xayol, diqqat-eʼtibor haqida).
- Xayoli parishon yoki parishon xayol Xayoli tarqoq, fikri-xayoli joyida emas, boʻlin-gan, sochilgan.
Misollar
- Kumushning koʻzi yumuq, sochlari yuzi ustida parishon holatda edi. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- ..Yonimda Raʼno yotibdi. Sochlari parishon yoyilgan, gʻira-shira tong nurida oppoq yuzi yanayam tiniqroq koʻrinadi. Oʻ. — Hoshimov — Ikki eshik orasi.
- Vali aka.. oʻgʻlining gʻoʻza-lar ichida parishon turganligini koʻrib, uni yoniga chaqirdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Ha, Shavkatbek, Eynshteynga oʻxshab pari-shonroq koʻrinasiz. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- Ammo shoirning xayoli parishon, koʻngli alagʻda edi. — M. Osim — Karvon yoʻl-larida.
- Karvon Andijon muzofotini ortda qoldirib, Aravonga yetganda dam olishdi. Ahmadbek hoji Uchkoʻprikda ilk bor peshin namozini bezovtalanib, xayoli parishon ah-volda oʻqidi. — "Yoshlik".
Kelib chiqishi
\f. o — sochilgan, toʻ-kilgan; tartibsiz; xayoli qochgan, xafa; uya-lib qolgan; bezovtalangan
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0