Izohli lug‘at
past
паст
Ma’nolari
- Yuqori tomon oʻlchami, qaddi, boʻyi uncha baland boʻlmagan, balandligi, boʻyi nisbatan qisqa; pakana, pastak.
- Uncha chuqur boʻlmagan, sayoz.
- Miqdori, darajasi, narxi uncha katta, baland boʻlmagan, nisbatan kam, oz, quyi.
- Narxi past mol. Past maosh olib ishlamoq. m
- Tuzi past 1) tuzi kam, keragidan oz tuz solingan.
- Shiddati, kuchi, darajasi uncha katta boʻlmagan, nisbatan kuchsiz, zaif (issiq-lik, bosim kabilar haqida).
- Uncha baland boʻlmagan, boʻsh (ovoz, nota kabilar haqida).
- Sifati uncha yaxshi boʻlmagan; oddiy, joʻn.
- Unchalik yaxshi emas, yurishmagan ("baxt", "omad", "tole" kabi soʻzlar bilan).
- Seryogʻin, yomon, sovuq;
- Kelib chiqishi, nasl-nasabi yuqori tabaqalarga xos boʻlmagan, asilzoda emas.
- ayn. pastkash.
- Nazari past yoki past nazar ayn. past 10.
- Nisbatan quyi oʻrnashgan joy; past-lik, chuqurlik.
- Yer, pol.
- Uyning kiraverishidagi eshikka yaqin joy; poygak.
- Avji past 1) oʻsishi, rivojlanishi or-qada qolgan, uncha yaxshi oʻsmagan, rivoj-lanmagan.
Misollar
- Past devor. Past boʻyli daraxt. Boʻyi past odam, m
- Bogʻning atrofi eski, past, lekin yamalib, yasqalib butunlangan devorlar bilan oʻralgan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Shu zahoti hovlida past boʻyli yigit paydo boʻldi. — "Sharq yulduzi".
- Past daryo.
- Bunaqa yuvosh xotinlarga qaysi erkak past molni ravo koʻradi. — E. Samandar — Daryo-sini yoʻqotgan qirgʻoq.
- Ovqatning tuzi past; 2) mantiq-mazmuni, maʼnosi yoʻq.
- Namuncha gapingning tuzi past.
- Past temperatura. yash Strelka sal koʻtarshʼdi-yu, yana holi kelmay, pastga tushdi. Ortiq, benzin qancha qolganini koʻrib, oʻzining ham kapala-gi uchib ketdi. — M. Mansurov — Yombi.
- Keyin begunoh koʻz-larini Alimardondan uzmay, yana oʻsha past, oʻychan ohangda gapirdi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Uoʻzini bir oz tutib oldi-da, past ovozda davom etdi: -Qoʻrqmang, institutdan haydamaymiz. Lekin odam de-gan bunaqa mahmadona boʻlmaydi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- -Koʻp xonali uylar qurish masalasiga kelsak, avvalo, bizda sifat past, — dedi Yodgor oʻylanib. — Qoʻlingizni choʻzsangiz, shiftga tegadi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Lekin agar biron yosh yozuvchi oʻz imkoniyati darajasidan pastroq asar yozsa, uni darrov ogohlantirib qoʻyar edilar. — K. Qahhorova — Chorak asr hamnafas.
- Ha, oʻsha tolei past Jamila. — Hamza — Boy ila xizmatchi.
- Bu yil havo past keldi. yash Barg yetilmayapti, bahor past keldi. A. — Muxtor — Kumush tola.
- [Qizning] Yuzida oz-moz chiroyi boʻlgani bilan, oʻzi tagi past. Sizning ostonangizga sira arzimaydi. — Hamza — Tanlangan asarlar.
- [Imom:] Otasini koʻndiramiz, uning tagi past, jazosi pul-da. — J. Sharipov — Xorazm.
- Hammaga ham qiligʻin-giz shumi yoki meni shunday past xotin deb oʻyladingizmi? — Oydin — Ikki koʻzi shunda.
- Past kishida odamiyat nima qilsin. A. — Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Dengiz tubida dur, ustida choʻp-xas, Oʻzgani past bilur kimki oʻzi past. — Sh. Shomuhamedov — Odam borki.
- Hazrat goho sezib qolardi: koʻplarga past nazar bilan qarashni ham oʻrgangandi Kur-bon.. — Sh. Xolmirzayev — Qil koʻprik.
- Arzu ho-ling eshitmas, Unda ishing hech bitmas. Shunchalik nazari past — Nima bersang olar u. — "Mushtum".
- Pastga tushmoq. sht Ali-mardon sirgʻanib, sohildan avaylab yurib, pastga tushdi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga qu-loq sol.
- Olmani tutib, orqasiga qaytsa, tut shoxidan shoshib, pastga yoshgina bir qiz tushib kelyapti. — S. Zunnunova — Olov.
- Chelakni pastga qoʻy.
- Ibodulla ham akasidan bir qadam pastga tiz choʻka qoldi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Etigi loy boʻlganidan, Yoʻlchi tan-chaga oʻtirmay, namatning uchini qayirib, pastroqqa choʻkkaladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Avji past ekinlar; 2) kay-fiyati buzuq, har vaqtdagidan koʻra hafsala-si yoʻqroq, sust.
- Bugun doʻstimning avji pastroq koʻrinadi. Aqli (yoki zehni, esi) past Aqli kalta, aqli koʻp narsaga yetmaydigan, fikrlash qobiliyati normal emas.
- -Esi past, — dedi Dehqonboy akaning ensasi qotib. — S. Zunnunova — Olov.
- Aqling past, miyang yogʻochdan, qalbing temirdan! — X. Toʻxta-boyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Sen zehni past, beeʼtiqod odam ekansan. — "Luqmoni Hakim". Mashqi past ayn. avji past 2. Past kelmoq Boʻsh kelmoq, yon bermoq (bahsda, janjalda).
- Saxiylik, mehmondoʻstlikda an-dijonliklar Hotamdan oʻtsa oʻtardiki, am-mo past kelmas edi. — Shukrullo — Saylanma. Past tushmoq 1) jahlidan, hovuridan tush-moq.
- [Bobotoy ota] Oʻzining bu yerga nima maqsadda kelgani yodiga tushdi shekilli: -Bir sanamas, men ham dor tagidan qochganlar nevarasiman, — dedi bir pogʻona past tushib. — "Yoshlik"; 2) xoʻrlanmoq — oʻzini pastga ur-moq.
- Men hali hasratimni, dardimni kelib-kelib sizlarga aytdimmi? Men hali kelib-kelib odamgarchilikni, diyonatni, nomusni tu prok, bilan teng qilgan sizday razil xo-tinfurush, qoʻshmachilar oldida shunchalik past tushdimmi? — Hamza — Boy ila xizmatchi. Pastga urmoq Kamsitmoq, yerga urmoq; xoʻr-lamoq.
- Sizni hech kim hozirgiday pastga urmaydi. U yogʻidan ham tashvish tortib yurmay qoʻya qoling. Toʻyni mana shu yerda oʻtkazamiz. — K. Yashin — Hamza.
- Birovninguyiga bostirib kiribki, shunchalik pastkashlik qilishyaptimi, qoʻying, gaplashmang, nima qilasiz oʻzingizni pastga urib, jonoʻgʻlim. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Qoʻli past 1) ishi oʻngidan kelmagan, omad kulib boqmagan; 2) yutqizish holiga kelgan, yutqizish oldida turgan.
Kelib chiqishi
f. g..... — boʻyi qisqa, pakana, uncha baland boʻlmagan; pastkash; jirkanch
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0