Izohli lug‘at
pat
пат
Ma’nolari
- Parrandaning dum va qanot-larini tashkil qilgan, muguzsimon uzun naychaning ikki yonida ikki qator boʻlib oʻsib chiqadigan parlardan iborat aʼzosi. Tovuq namu. n
- Mato, gilam va shu kabilarning yuzini qop-lagan sunʼiy tuk.
- Pati toʻzimoq 1) toʻzondek har yon sochil-moq, toʻzgʻimoq.
Misollar
- Said Amin soʻyilgan oʻntacha bedanani oldiga uyib qoʻyib, patlarini yul-moqda. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Tovus patidan yasalgan yelpigʻichi bilan chiroyli yuzini yelpib-yelpib qoʻyadi. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Uy oʻrtasidagi sandal ustida isqirt koʻrpa, yerda pati toʻzib ketgan eski gilam, kichik bir sholcha.. toʻ-shalgan. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Choʻqqi soqol, boshiga pati toʻzib ketgan surmarang duxoba doʻppi kiygan, koʻzoynakli, oltmish yoshlardagi chol velosiped minib kelib qoldi. — S. Ahmad — Choʻl burguti.
- Ular [samolyotlar].. orqasi-dan toʻzonli iz qoldirib, oʻqday uchib borar, momiq bulutlarning patini toʻzitib, olgʻa parvoz etar, ammo ovozi eshitilmas edi. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol; 2) jahli chiqmoq, salga tutaqib ketmoq.
- Asa-ringni bugun bosishmasa, ertaga bosishadi. Naziriyning bitta taʼnasiga dosh berol-may, pating toʻzib ketdi-ya! Eh, afsus! Shu oʻrinda jindak xudbinlik qilding. — K. Yashin — Hamza. Patini yulmoq Bor-yoʻgʻini olib qoʻymoq, shilmoq. Qitiq patiga tegmoq Nozik joyini topib, jahlini chiqarmoq, nafsoniyatiga tegmoq.
- Ayniqsa, Gʻafur Gʻu-lomning gaplari baʼzilarning qitiq patiga tegib, oʻylantirib qoʻydi. — Shukrullo — Ja-vohirlar sandigʻi.
- Bir majlisda ham Sharif Rustamovich birovlarning qitiq patiga te-gadigan soʻzlarni aytgandi. O. — Muxtorov — Egilgan bosh. Qitiq patini yulmoq Nozik joyini topib, tilini qisiq, muloyim qilib qoʻymoq.
- [Berdi:] Men bularingning qitiq patini yulib, rom qilib olmoqchiman! — A. Qodiriy — Obid ketmon. Qitiq patini oʻldirmoq ayn. qitiq patini yulmoq.
- Buning qitiq patini oʻldirib, rom qilib olishim kerak, degan fikr yalt etib oʻtdi uning miyasidan. — K. Yashin — Hamza.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0