Izohli lug‘at
payvand
пайванд
Ma’nolari
- Biror oʻsimlikning novda yoki kurtagini bosh-qa oʻsimlik tanasiga oʻtqazish, ulash usuli va shu usulda ulab oʻstirilgan oʻsimlik.
- Metall boʻlaklarini eritib yoki parchinlab, bir-biriga yopishtirish, birik-tirish va shu usulda hosil qilingan chok.
- maxs. Ulangan boʻlak, uloq.
- sft. koʻchma Oʻzaro bogʻlangan, payvasta.
Misollar
- Iskana payvand. Kurtak payvand. Qalamcha payvand. sht Olimlarimizning bergan maʼlu-motlariga qaraganda, limonni ekib, qalamcha payvand va parxish qilib koʻpaytiriladi. — Gazetadan.
- Elektr payvand. m
- Nasos stansiyasi kor-pusining yoʻgʻon poʻlat armaturalarini payvand qilish boshlandi. — "Oʻzbekiston qoʻriq-lari".
- Shogird bola lab-lunjini osiltirib.. endi payvand ti-kishga boshladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kuyga kuylar boʻlarmidi band, Dillar dilga boʻlmasa payvand. — G. Joʻrayeva — Mening mar-jonlarim.
- Koʻngil yayrab ketar, orom olar jon. Gullar manzarasi sevinchga payvand. — Mirtemir — Asarlar.
- Navoiyning dili bilan xalqning dshi hamisha payvanddir. — Oybek — Navoiy.
Kelib chiqishi
\f. lz — qoʻshish, bogʻlash; qarindoshlik; bogʻlangan, ajralmas
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0