Izohli lug‘at
peshona
пешона
Ma’nolari
- Yuzning qoshdan sochgacha boʻlgan qismi, manglay.
- Diniy tasavvurlarga koʻra: qis-mat, takdir.
- Bisot, budu shud, boryoʻgʻi.
- Peshonani bogʻlab, ishga kirishmoq Astoydil ishga kirishmoq.
- Peshonasini silamoq boshini silamoq 2. bosh.
- Peshonaga yozilgani; Taqdirda belgilangan narsa; taqdir, qismat;
- Peshonada bitganini (yoki yozilganini) koʻrmoq; Taqdirda belgilangan narsadan, qismatdan qochib qutula olmaslik.
- Peshonamdan koʻrdim; 1) tavakkal, nima boʻlsa boʻlar.
- Peshonasi yorugʻ; Omadi kelgan, baxtli.
- Peshonasiga sigʻmadi; Ayrildi, judo boʻldi.
- Peshona teri; Mehnat va uning mahsuli.
- Peshona teri; toʻkmoq; Tirishib, astoydil mehnat qilmoq.
- Peshonasi devorga tegmoq; Tavbasiga tayanmoq, qilmishiga pushaymon boʻlmoq, tushunmoq.
- Peshonasi koʻhlik ayn. peshonasi yorugʻ; q. peshona 2.
- Peshonasi ochilmoq; Ishi yurishmoq, omadi kelmoq, baxti ochilmoq.
- Peshonasi shoʻr yoki shoʻr peshona; Baxtsiz, bebaxt.
- Peshonasi qora ayn. peshonasi shoʻr.
- Peshonasini tirishtirmoq; Ensasi qotmoq yoki jahli chiqmoq.
Misollar
- Keng peshona. Peshona suyagi.
- Bu gaplardan hasharchilar qotib-qotib kulishardi. Razzoq buqachi peshonasini uqalab, terga pishib, indamay oʻtirardi. — S. Ahmad — Jimjitlik.
- Ikromjon ter bosgan peshonalarini, boʻyinlarini qiyigʻi bilan artarkan, Azizxon tarafga bir qarab qoʻydi. — S. Ahmad — Ufq. bu
- Nahot peshonamga toabad tobe-lik, qullik maqomi bitilgan boʻlsa. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Peshonaginamizda bittaginada, oʻrgilay, bittagina. — S. Ahmad — Ufq.
- Peshonamda bitta oʻgʻil, yonimda yursin, deb turib oldi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- [Boy:] Barakalla oʻgʻlim! ..Halol mehnat qilsang, hamisha baxting olchida! Hamisha peshonangni silayman! — Hamza — Boy ila xizmatchi.
- Peshonamga yozgani sen ekansan, menda nima chora! — Hamza — Tanlangan asarlar.
- Bilmadim, taqdir uning va mening peshonamga nimalar yozgandir. — Gʻ. Gʻulom — Yodgor.
- Oʻynashmagin arbob bilan, arbob urar har bob bilan.
- Peshonada bitganini koʻrasan. — Hamza — Boy ila xizmatchi.
- Zeroki, risolalarimiz mavjud, har kim uz toleidan, peshonasiga yozilganini koʻradir. — U. Ismoilov — Saylanma.
- Baxting boʻlsa, tuzalib ketasan, deyishyapti. U yogʻini peshonamdan koʻrdim. — "Saodat". — 2) taqdirda yozilgani shu ekan na chora.
- Xola, koʻp ezmalanmay, chiqib aytaveringda. Boʻladigan boʻlsa, mendan soʻrab nima qilasiz? Nima boʻlsa, peshonamdan koʻraman. — Hamza — Tanlangan asarlar.
- Peshonamiz yorugʻ ekan, oʻgʻlim. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Agar oʻzining peshona teri bilan boylik orttirgan shayx topilsa, — dedi istehzo bilan, — mayli, maqbarani oʻsha boshqara qolsin, men roziman! Shu bilan gapim tomom. — K. Yashin — Hamza.
- Oʻgʻirlik qilib topgan boʻlsam aytinglar. Ular peshona teri bilan topilgan. Halollik bilan orttirganman ularni men.. — K. Yashin — Hamza.
- Musobaqadoshingiz qoʻygan shartlarni bajarish uchun halol mehnat qiling, baravar peshona teri toʻking! — U. Ismoilov — Saylanma.
- Alloh taolo birovning peshonasini koʻhlik, birovnikini qup-quruq qilib yaratadi. U bandalariga rizq-roʻzni har kimning oʻziga yarasha oʻlchab sochadi. — K. Yashin — Hamza.
- Boy ham shu mulkning badaliga, peshonam ochilib, biror ish-pishga tushib ketgunimcha, biror yil chamasi boqmoqchi boʻlibdi. — Gʻ. Gʻulom — Shum bola.
- Eh, peshonam shoʻr ekan, oshna! Bir tashvishdan qutulmasimdan ikkinchisi tappa bosadi, — dedi Azijon Omontoyga, biror najot top, deganday moʻltirab. — K. Yashin — Hamza.
- [Jamila:] yoki Gʻofirdek baxtsiz, onangday peshonasi shoʻr boʻlib tugʻilarmiding? — Hamza — Boy ila xizmatchi.
- Yoʻl uzunmi, dard uzun? Darvish ashulasi uzun. Tun qorami, dard qora? Darvish peshonasi qora. — X. Davron — Qaqnus.
- Olchinbek dabdurustdan kirib kelib, tilyogʻlamachilik bilan boshlagan gapi Hamzaning ensasini qotirdi. Peshonasi tirishib, qattiq gapirgisi keldi-yu, lekin oʻzini bosdi. — K. Yashin — Hamza.
- Mansur bir nafas peshonasini tirishtirib, oʻylanib turdida, eshik tutqichiga qoʻl choʻzdi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
Kelib chiqishi
fors. – manglay; peshona
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0