Izohli lug‘at
peshvo
пешво
Ma’nolari
- Maʼlum bir soha yoki ishda yetakchi, ilgʻor kishi.
- Shariat peshvolari; Dinni, shariat qonun-qoidalarini himoya qiluvchi ruhoniylar, ulamo-hukamolar.
- Yoʻlboshchi, dohiy.
Misollar
- U barcha mavjud ilmlarni egallab, zamona olimlarining peshvosi.. boʻlishga tirishadi. — Oybek — Navoiy.
- Xolqoʻzi Xudoyorov Zumratning sinfdoshi edi.. Sinfdagi qizlar ichida eng suluvi Zumrat boʻlsa, oʻgʻil bolalarning peshvosi Xolqoʻzi edi. — S. Siyoyev — Otliq ayol.
- Saroyda barcha: shariat peshvolaridan tortib to kichkina amaldorgacha shoirlik daʼvo qilardi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Sekin-sekin gap-soʻzlar ayoni mamlakat, shariat peshvolari, ulamo-fuzaloga yetib, eshonoyimning bu harakatlarini ayni muddao deb topdilar. — Oʻ. Usmonov — Saylanma.
- Xalq peshvosi.
Kelib chiqishi
fors. – rahnamo; rahbar, ustoz
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0