Izohli lug‘at
pichoq
пичоқ
Ma’nolari
- Dastaga oʻrnatilgan yassi va uzun tigʻli roʻzgʻor asbobi.
- Pichoq tortmoq (yoki qoʻymoq) Pichoq bilan kesmoq, soʻymoq.
- Turli asboblarning kesuvchi qismi. Goʻsht qiymalagich pichogʻi.
- Pichoq (borib) suyakka yetmoq (yoki taqal-moq) Chidam, bardosh tugamoq.
- [
Misollar
- Yoʻqolgan pichoq-ning sopi oltin. — Maqol.
- Oʻtmas pichoq qoʻl kesar. — Maqol.
- Yaxshi gap bilan ilon izidan, yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar. — Maqol. ■■
- Zokir ota qochish yoʻllarini yaxshi uqtir-gach, yirtiq koʻn etigining qoʻnjidan bir pichoqni olib, sekin menga uzatdi. — Gʻayratiy — Unutilmas kunlar.
- Toʻlanboy soʻrida chordana oʻtirib olgan, pichoqni taxtaga taq-taq tegizib, sabzi toʻgʻrayapti. — S. Ahmad — Ufq.
- Mabodo hoʻkiz yomonlab qolguday boʻlsa, borib, darrov boʻgʻziga pichoq tortib yuborasan. — Gʻ. Gʻulom — Shum bola.
- Pichoq borib suyakka yetgandan keyin, nima qilsin bechora xalq.. — K. Yashin — Hamza.
- Hojiona.. Yoʻq, pichoq borib suyakka taqaldi. — Hamza — Boy ila xizmatchi. Pichoq uchiday Ozgina, zigʻirday.
- -Ey oʻrtogʻey, — dedi u, — nimasini soʻzlaysiz, shu zamonning qizlarida pichoq uchiday sharmu hayo qolmadi. — F. Gʻulom — Tanlangan asarlar. Pichoqqa ilinmaydi Arzimaydi, arzigulik yeri yoʻq, arziguday emas.
- Pichoqqa ilinmay-digan hosil. — Pichogʻi keskir Oʻtkir — gapi birovlarga oʻtadigan kishi. ..Hojimurod esa pichogʻi keskir raislar qatorida yurardi. U raykom sekretari bilan prokuraturadan boshqa rahbarlarni rahbar qatorida koʻr-masdi. S. Ahmad, Jimjitlik. Pichogʻi moy ustida q. moy. -Ha, Sodiqjon boyvachchaga xudo bergan, — dedi Boʻronboy uchuriq qilib, — hamisha otgan oshigʻi olchi, pichogʻi moy ustida odam u! K. Yashin, Hamza. Oʻtmas pichoq bilan soʻymoq Chidab boʻlmas darajada azoblamoq.
- Odiljon:] Qayoqdan ham toʻyda oʻsha qiz bilan ashula aytdim, oʻyin tushdim, oʻshan-dan beri Gulchehra meni oʻtmas pichoq bilan soʻyib yuribdi. — U. Nazarov — Fypyp.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0