Izohli lug‘at
pijama
пижама
Ma’nolari
- Yumshoq matodan tikilgan, shim va keng kalta xalatdan iborat, uy ichida kiyiladigan yengil kiyim.
Misollar
- Shtapel pijama. Qishlik pijama.
- [Boris Aleksandrovich] Oʻrnidan turib, chiroqni yoqdi. Egnida yoʻl-yoʻl pijama, koʻzoynagini koʻtarib-koʻtarib, u yoqdan bu yoqqa yura boshladi. — S.Anorboyev — Mehr.
- Shukurov yoʻl-yoʻl pijamasining kengligidanmi, juda baquvvat, miqti koʻrinardi. — O.Yoqubov — Diyonat.
Kelib chiqishi
[ ingl. pyjamas fors. + hind. — oyoq + kiyim ]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0