Izohli lug‘at
pinak
пинак
Ma’nolari
- [f. - uyquning boshi, uyqu
- elitishi] Uyqu elitgan holat; mudroq; oʻy-xayol.
- Pinak surmoq q. pinakka ketmoq 2.
- Kamoliddin maxdum, pinak surayotganda shar-padan choʻchigan bangiday, ulamo sharpasini eshitib, birdan seskanib tushdi. M. Ismoi-liy, Fargʻona t.o. Pinagini buzmay Parvo qilmay, ahamiyat, eʼtibor bermay; bepar-vo, xotirjam. Hafiza oʻzini u yoq-bu yoqqa solib, pinagini buzmay tura berdi. U hatto bu achchiq taʼnalarni eshitmaganday, eshit-sa ham, bir paqirga olmay, sur boʻlib tu-rardi. Mirmuhsin, Umid. -Ammo menga joy boʻlishi kerak, — dedi mehmon pinagini buzmay. X. Sultonov, Onamning yurti. Pinakka ketmoq 1) uyquga ketmoq, mudramoq. [ Sobir]
Misollar
- Pinakka ketib qolgan Gʻulom akani uygʻot-di. — X. Toʻxtaboyev — Felyetondan soʻng; 2) xayolga berilib, borliqni unutmoq.
- Qariya pinakka ketdi: oq sochli boshini qoʻllari bilan siqib, koʻzlarini yumib, uzoq oʻyga toldi. — Oybek — Nur qidirib.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0