Izohli lug‘at
pishqirmoq
пишқирмоқ
Ma’nolari
- Burundan kuchli boʻgʻiq tovush chiqarmoq (ot, qoramol haqida).
- Pishqiriqqa oʻxshash qattiq tovush chiqarmoq. Poyezd — goʻyo ulkan timsoh, pish-qirib, qirlarni choʻrt kesib yugurardi. Mirmuhsin, Qahramonnoma.
- Shiddat bilan shovullamoq, vi-shillamoq.
- Hayqirib gapirmoq, baqirmoq.
- koʻchma salb. Shoshilib ketmoq, bosar-tusarini bilmay qolmoq.
- piq Kulganda yoki yigʻlaganda, tomoqsan portlab chiqqan qisqa, boʻgʻiq tovush haqida. Gavharning laylakka oʻxshab bir oyogʻini koʻtarib turishi oʻziga shu qadar nashʼa qilib ketdiki, piq etib kulib yubor-di. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. An-zirat kampir piq etib yigʻlab yubordi. A. Muxtor, Opa-singillar.
Misollar
- Kanadan ham koʻra sigir uning achchigʻini keltirdi: kanani teray desa, qoʻymaydi: boshini silkiydi, pishqiradi. — A. Qahhor — Adabiyot muallimi.
- Ot boʻlsa, havoning bu-zilganini sezibmi, yoʻlning yomonligidan nolibmi, qattiq pishqirib qoʻyarkan. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Sigir pishqirib, qoʻlimni ham yamlab yutay dedi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Mashina olov otday pishqiribuchadi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Parovoz, xuddi charchagan otday, bir pishqirib toʻx-tadi. — J. Sharipov — Saodat.
- Hamma pishqirib yonayotgan olov-ni oʻchirishga yopishdi.
- Javob oʻrniga boshini chayqab pishqirdi. — S. Ahmad — Ufq.
- U, Zulayho Mansurni chaqirib borganini eshitgan boʻlsa kerak, yugurib kel-gan.. koʻzlari oʻt boʻlib yonar, burun katak-larini kerib, pishqirardi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloqsol.
- -Eshitdingmi? - Kim-san akam gʻazab bilan pishqirdi. — Jon kerak boʻlsa, tuyogʻingni shiqillat. Oʻ. — Hoshimov — Ikki eshik orasi.
- Pishqirgan boy-lar. m
- Pishqirib kelgan Salimxon Obidiy yeli chiqib ketgan pufakdek boʻshashib, bir chekkada oʻtirardi. — Mirmuhsin — Umid.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0