ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

piston

пистон

Ma’nolari

  1. Patronning poroxli zarya-dini yondirish uchun oz mikdorda portlovchi modda solib, oʻq tubiga oʻrnatiladigan metall kosacha; kapsyul.
  2. Oʻyinchoq miltiq yoki toʻpponchada otish uchun belgilangan, oz miqdorda portlovchi moddasi boʻlgan tangachasimon qogʻoz gʻilof.
  3. Pichoqchilikda: pichoqning dastasiga qadalgan sadafning atrofiga aylantirib qoʻyilgan halqa-sim ( sadafni mahkam tutib turadi).
  4. Kiyim-kechak, parda va shu kabilarga ziynat uchun qadaladigan yiltiroq plastinkacha.
  5. Piston tugma Bir-biriga qadab qoʻyila-digan ikki qismdan iborat tugma; shiq-shiq tugma.
  6. Puflab chalinadigan musiqa asbobi-ning ijrochi-sozanda qoʻl bilan bosib ochib-yopib turadigan tugmasi.
  7. Botinkaning ip oʻtkaziladigan teshik-lariga izma oʻrniga oʻrnatiladigan temir halqacha.

Misollar

Kelib chiqishi

fr. piston - zarbdor, uruvchi, sindiruvchi

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish