Izohli lug‘at
piyoda
пиёда
Ma’nolari
- Ulovsiz, oʻz oyogʻi bilan; yayov.
- sft. Ot-ulovga ega boʻlmagan, yayov yura-digan.
- ot harb. (asosan koʻpl. shaklida) Yayov jang qilish uchun belgilangan qoʻshin turi.
- Shaxmat oʻyinida: eng kuchsiz dona.
- q. yoʻlovchi.
- Piyoda oʻchoq 1) oshxonada boshqa oʻchoq-lardan alohida qurilgan oʻchoq, shuningdek, ochiq xovlidagi aloxida oʻchoq; 2) yerga qu-rilgan, ogʻzi osmonga qaragan tandir.
Misollar
- Odamlar nimagadir tramvay-trol-leybusga oʻtirmay, toʻda-toʻda boʻlib, piyoda ketishyapti. Oʻ. — Hoshimov — Qalbinga quloq sol.
- Hoji ota karvonboshi bilan koʻrishib, Roʻzioxunboy bogʻining nihoyasigacha otning chilviridan ushlab, piyoda yurdi. — "Yoshlik".
- Samolyotlardan soʻng tanklar hujumga kirdi. Uning orqasidan piyoda rotalar qoʻz-gʻaldi. — I. Rahim — Chin muxabbat.
- Shu choq qishloqning kun botish tomonidan baland “ura” ovozi eshitildi va qishloqqa moʻr-malaxday yopirilib kelayotgan piyoda askar-lar koʻrindi. — A. Qaxxor — Oltin yulduz.
- Otliqlar ketidan piyodalar ham yugurib ke-tishdi. — Sh. Xolmirzayev — Qil koʻprik.
- Guldu-ros bilan kelayotgan tanklar orqasidan piyodalar yugurdi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Uyin bilmasang, piyodani sur. — Maqol. m
- [Muxtorjon] Saidiyga endi javob beraman deb turganda, Mirza Muhiddin bir piyoda surish bilan uning ilgarigi holatda qoldir-di. — A. Qahhor — Sarob.
- Trotuar — piyoda,shr yura-digan yoʻlka.
Kelib chiqishi
f. laS-; — yayov, oyoq bilan; ulov-siz askar
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0