Izohli lug‘at
piyoz
пиёз
Ma’nolari
- Barglari naychasimon uzun boʻlib oʻsadigan, ildiz boʻgʻzida yupqa qat-qat poʻstlardan yumaloq tugunak hosil qiladigan, tugunagi va yosh bargi ovqatga ishlatiladigan ikki yillik va koʻp yillik sabzavot oʻsimligi.
- Piyozi ansuriy Oʻrta Osiyoning togʻli hu-dudlarida oʻsadigan, tugunak hosili ovqat-ga ishlatiladigan servitamin yovvoyi piyoz. Sarimsoq piyoz ayn. sarimsoq 1.
- Baʼzi oʻsimliklarning piyozsimon ildizi, tugunagi.
- Piyozning poʻstiday Juda yupqa.
Misollar
- Oq piyoz. Qizil piyoz. Barra piyoz. Koʻk piyoz. Topgan gul keltirar, topmagan — bir bogʻ piyoz. — Maqol
- Piyozni mard artsin, sabzini - nomard. — Maqol
- Butun oilasi bu yerga pomidor, piyoz, rediska, karam va hokazo re-zavor ekib, mumkin qadar eldan burunroq bozorga chiqarib, "pul" qilishga tirishar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Lola piyozi.
- Piyozning poʻstiday parda. — Qorni piyozning poʻstiday boʻldi Qorni juda — nihoyat ochdi.
- Ammo qa-samyod qilib aytamizki, qorinlarimiz piyozning poʻstiday boʻlib ketdi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
Kelib chiqishi
f. uSz — piyoz, bir bosh piyoz
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0