Izohli lug‘at
pocha
поча
Ma’nolari
- \f. — kichik oyoq; oyoqning pastki qismi; qoʻy va b. hayvonlar oyogʻi-ning ovqat sifatida yeyiladigan pastki qis-mi]
- Hayvonlar oyogʻining tizzadan pastki qismi.
- Oyoqning tizza bilan toʻpiq oʻrtasidagi qismi; boldir.
- Shimning, shalvarning tizzadan pastki qismi.
- Ustki uzun kiyimning etagiga tikilgan jiyak, hoshiya.
- Poya. oyoq.
- Pillapoya, pogʻona.
Misollar
- Boʻri qoʻyning pochasidan olibdi. n
- Uloqchi, qamchinning dastasini tiisshb, uloq-ning pochasidan tortadi. — Gazetadan.
- It pochamdan oldi. yaya Nus-ratbekning tanidagi titroq bir oz pasaydi. Sekin, salmokli odimlab borayotib, oʻz xat-ti-harakatini oqlashga urinib, oʻziga macajuu bera boshladi: "Yoʻldan chiqqan har qanday daydi laycha vovullab, pochamga yopish-sa, indamay ketaveramanmi?". — S. Nurov — Nar-von.
- Gʻaybulla qizarib, oʻrniga borib oʻtir-moqchi edi, Hasan uning pochasiga yopishdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Nizomjon, sholikorlikka kiraman, deb shimining pochasini shimarayotgan edi, Toʻlanboyningoʻgʻli kelib qoldi. — S. Ahmad — Ufq.
- Ogʻzidagi nosini tupurib, bismillo, deganicha shimining pochasini shimarib, ketmon bilan oʻraga tushdi. — S. Ahmad — Saylanma.
- [Shoir] Shohi toʻn ustidan.. qunduz pochasi bor poʻstinini kiydi. — Oybek — Navoiy.
- Stul pochasi. m
- Ota pismiq kelib, karavotning pochasiga suyandi. — E. Raximov — Ajab qishloq.
- Mirziyod.. oyogʻini narvon pochasidan asta oldi. — A. Mirahmedov — Kulgan chechaklar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0