Izohli lug‘at
pogonli
погонли
Ma’nolari
- Pogoni bor, pogonga ega.
Misollar
- Yulduz pogonli dada, yulduzli shapka kiygan dada bir koʻrindi-yu, yana yoʻq boʻldi. — S. Ahmad — Ufq.
- U gʻurur va sipohlik bilan izvoshni qoq "Qosim" nomerining oldida toʻxtatdi va bir ofitser formasidagi pogonliga xitoban rus tili bilan soʻzlasha boshladi. — Gʻ. Gʻulom — Tanlangan asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0