Izohli lug‘at
polotno
полотно
Ma’nolari
- \r. polotno — qalin gaz-lama, kiyim, yopingʻich] 1 Arqogʻi va oʻrishi bir xil yoʻgʻonlik va qalinlikda boʻlgan, ipak, ip, kanop va shu kabilardan tayyorlangan pishiq va silliq gazlama va undan tikilgan kiyim.
- Odatda boʻzsimon maxsus matoga chizi-ladigan katta yaxlit surat.
- Biror tarixiy voqea-hodisani keng va har tomonlama tasvirlagan badiiy asar.
- maxs. Temir yoʻl yoki shossening tosh, shagʻal va shu kabilardan koʻtarib ishlangan asosi, koʻtarmasi.
Misollar
- Ipakli polotno. Shtapel polotno, gsh Ularda [dastgohlarda] rang-barang trikotaj polotnolar toʻqish imkoniyatiga egamiz. — Gazetadan.
- -Duxoba, krepdeshin., polotno, shotlandkalar toʻqiymiz, — deyi-shibdi chevarlar. — Sh. Gʻulomov — Yorqin yoʻllar.
- Yupqa bluzkadan ham, krepdeshin, polotno koʻylaklardan ham unga toʻq koʻk shol koʻylak maqul boʻldi. — "Saodat".
- Mashhur rassom polotnolari. n
- Rassom Sharq ayollari ob-razini yaratish ustidagi ishlarni davom ettirib, bir qator rang-barang polotnolar yaratdi. — Gazetadan.
- Ayni kunlarda T. Jamo-liddinov yangi polotnolar ustidagi izla-nishlarini davom ettirmoqda. — Gazetadan.
- T. Qayipbergenov adabiyotimizni "Qo-raqalpoq dostoni" nomli yirik tarixiy polotno bilan boyitdi. — "OʻTA".
- Olislarga choʻzilib, ufqqa singib ketgan temir yoʻl polotnosi xayolimni olib ketdi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0