Izohli lug‘at
popuk
попук
Ma’nolari
- . Narsalarga bezak uchun taqiladigan bir bogʻlam tola, pat, ip va sh.k.
- . Gajim, shokila. Bayroq popugi.
- . Yosh qizlarga nisbatan erkalash maʼnosida ishlatiladi.
- . Shokilali qogʻozga oʻralgan konfet.
- . Popuk (xotin-qizlar ismi).
- Popugi pasaymoq pasaymoq 4.
- Popuk ildiz Oʻq ildiz qurigach, uning oʻrniga poyaning ostidan oʻsib chiqadigan koʻp sonli mayda ildizchalar (koʻrinishi popukka, shokilaga oʻxshaydi).
Misollar
- Doʻppi popugi.
- Sharofat, paranjining popugini eshib, yerga qaraganicha oʻtirar, aftidan, bu savolga javob bermoqchi emas edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Zaynab gilamning popugini chirmab, nimaningdir xayolini surar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Karomat ona dasturxon popugini oʻynashda davom etdi. — T. Alimov — Sovchi.
- Oldinda sizlar, oy popuklarim. — Oybek — o. v. shabadalar.
- Siz, popuk qizim, etagingizga pamildori, loviya terib chiqing, — dedi amma Munavvarga. — S. Anorboyev — Mehr.
- Bir kampir sepkildor bolaning chap yonidagi koʻy-lak kiygan qizchaga popuk uzatadi, keyin uni koʻtarib oladi. — R. Fayziy — Sen yetim emas-san.
- Domlaning nutqlaridan keyin odamlarning popugi pasayib qoldi. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Rahimjon popugi pasayib, nafasi chiqmay qoldi. — H. Nazir — Yonar daryo.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0