Izohli lug‘at
poya
поя
Ma’nolari
- Oʻsimlikning shox-larini, barg, gul va mevasini koʻtarib turadigan, tik oʻsadigan yer usti qismi.
- Ishkom yoki soʻrining bagʻazlar mah-kamlanadigan yogʻochi.
- Oyoq, pocha.
- Ustun.
- shv. ayn. pocha 1.
- Zambil, tobut kabilarning tutqichi, dastasi.
- Pogʻona, pillapoya.
- Pogʻona, daraja, bosqich.
- Baʼzi oʻsimliklarning nomi bilan birikib, ular ekilgan yer, maydon maʼno-sini ifodalovchi qoʻshma soʻz yasaydi, maye:
Misollar
- Joʻxo-ri poyasi. Sholi poyasi. shsh Bugʻlanib ketgan 'deraza ortida qamish tomdan sizib tusha-yotgan tomchilar koʻrinib qolar, hovli eta-gidagi makkajoʻxori poyalari yomgʻirdan jun-jikib egilgan. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Bugʻdoy qip-qizarib pishgan, poya-larigacha qovdek qovurilgan edi. — S. Ayniy — Qullar.
- Bogʻda sakkiz uzun ishkom: hammasining poyalari yaxshi ishlangan, pushtalari chopilgan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Koʻprikning naryogʻida, ishkomga poyasi kesib olingan keksa tol yonida Dildor bilan Aʼzamjon turardi. — S. Ahmad — Ufq.
- Bultur ellik kishi borgan edi. Hammasi xursand ekan, tollari poyaga yarab qoldi. — H. Gʻulom — Feruza.
- Karavot poyasi.
- Ruzvon xola asta yurib kelib, Onaxonning qarshisidagi doʻkon poyasiga suyandi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Bir nechalar ketar qo-chib, Botir yurar jardan kechib, Ostidagi mingan oti Poyasidan qonni kechib. — "Murod-xon".
- Koʻzlari qizargan odamlar navbat bilan tobutning poyasini yelka,shriga qoʻyib, tez-tez qadam tashlab ketmoqdalar. — M. Osim — Karvon yoʻllarida.
- Oʻrtasi dahliz bilan ajralgan ikki xona bor, roʻparada bo-loxonaga chiqadigan yogʻoch zinaning baʼzi poyalari tushib ketgan, oʻzi lopillardi. — Mirmuhsin — Umid.
- [Na-voiyning] Davlatda yuqori poyaga koʻtarili-shi xabari uni [Sultonmurodni] samimiy quvontirdi. — Oybek — Navoiy.
- Tarbiyalab, yetishtirdi voyaga, Topdi shuhrat, chiqdi buyuk poyaga. — Habibiy.
- sholipoya, bedapoya.
Kelib chiqishi
f. "jLj — zinapoya, pogʻona; bos-qich, poy; oyoq, etak
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0