Izohli lug‘at
professional
профессионал
Ma’nolari
- Biror kasbga oid, xos, biror kasb bilan bogʻliq boʻlgan.
- Biror ishni oʻziga kasb qilib olgan, oʻz kasbining mutaxassisi boʻlgan (shaxs).
Misollar
- Professional odat. Professional mahorat. Professional tayyorgarlik.
- Eng yomoni — joylarda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini yaxshi bilmaslik va professional malakaga ega emaslik kabi salbiy holatlar koʻproq namoyon boʻlmoqda. — Gazetadan.
- ..professional jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarini tayyorlash jarayonini qayta koʻrib chiqish zarur. — Gazetadan.
- Lekin oʻsha yildan eʼtiboran musobaqaga professional tennischilar ham qoʻyilgan. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
lot. professio — rasmiy belgilangan kasb
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0