Izohli lug‘at
pushaymon
пушаймон
Ma’nolari
- Oʻz qilmishi uchun ruhiy ezilish hissi; afsuslanish; afsus, nadomat.
- Pushaymon boʻlmoq (yoki yemoq, qilmoq) Oʻz qilmishi uchun ruhan ezilmoq, afsus qilmoq, afsuslanmoq.
Misollar
- Pushaymon boʻlmoq (yemoq, qilmoq). Soʻnggi pushaymon — oʻzingga dushman. — Maqol.
- Iqror boʻldim: gunohim yoʻqdir, Ochiq yurib topgan kishimdan Va beizn qilgan ishimdan Pushaymonim va ohim yoʻqdir. — H. Olimjon.
- Otasi jahl ustida shundoq qilayotganini, zum oʻtmay pushaymon boʻlishini, butun umidlari shu qizidan ekanini biladi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Qudratning oʻzi ham koʻchib kelishganiga pushaymon yedi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Gulnor aytganiga pushaymon qildi, xatosini toʻgʻrilash uchun soʻzlashmoqqa majbur boʻldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Kelib chiqishi
fors. – oʻkinuvchi, achinuvchi, tavba qiluvchi; oʻz qilmishidan afsuslanuvchi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0