Izohli lug‘at
qabohat
қабоҳат
Ma’nolari
- . Qabih ish, yaramas xatti-harakat; qabihlik.
- . Qabohatli, razil, qabih.
Misollar
- "Qan-day pastkashlik, qanday yaramas qabohat! Shu mahalgacha sezmaganimga hayronman!" deb oʻyladi Gʻulomjon. — M. Ismoiliy — Far-gʻona t. o.
- Intizor har uy dilovar, Dilku-sholar bazmiga, Gar oyoq qoʻysa qabohat, Yigʻ-lagay ostona ham. — E. Vohidov — Muhabbat.
- Qabohat ish.
- Bozorning ustini tuman olibdi, Odamlarga qabohat kun boʻlibdi. — "Ochildov".
- Bu qabohat qirgʻin poyoniga yetmay, davlatpanoh aʼyonlari qurshovida jar yoqasida qator tizilgan oʻlim dorlari tomon yurdi. — S. Karomatov — Soʻnggi barxan.
Kelib chiqishi
arab. – qabih ish, qabihlik, razillik; beadablik
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0