Izohli lug‘at
qadam
қадам
Ma’nolari
- \a. — oyoq kafti, tovon; oyoq,
- odim] 1 Yurish jarayonidagi har bir oyoq tashlash, oyoq bosish; odim.
- Har bir qadam oraligʻiga teng masofa, oraliq masofa.
- Ish-faoliyat, rivojlanish va shu kabilarda olgʻa siljish, ilgarilash.
- Biror joy, tomonga qaratil-gan, yoʻnalgan yurish; tashrif.
- Ish-faoliyatdagi har bir xatti-harakat; amal.
- Bir qadam 1) ayn. qadam 2.
- Maksadsiz taiiangan kodam — oʻksiz mil-tiq bilan ovga chiqishdek gap. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi. Oʻtgan yil bilan ham xayrlashdik. Yangi yilning boʻsagʻasiga kodam tashladik. N. Safarov, Olovli izlar. Qa-dam qoʻymoq 1) ayn. qadam bosmoq 1, 2. U uy-ning zinasiga endi kodam qoʻyganda, poxol ostidan chiqkon kampir: -Hoy, bolam, nemis bor! — deb qichqirdi. A. Qahhor, Oltin yulduz. Doʻst bshshn obod uying, Gar boʻlsa u vayrona ham. Doʻst kodam qoʻymas esa, vayronadur koshona ham. E. Vohidov; 2) jurʼat qilmoq; kirishmoq, boshlamoq. Bu ishga kodam qoʻy-masdan ilgari, bir karra sizning oldingiz-dan oʻtish, raʼyingizni bilishga toʻgʻri keldi. Oybek, Tanlangan asarlar; 3) biror yoshga toʻlib, keyingisiga oʻtmoq. Oʻn ikkiga kadam koʻymoq. v O, uchga kodam qoʻyib kol-di-ku. Tili biram shirin boʻlib chikkonki, sira koʻya berasiz. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o. Qadamini uzmoq Bormaydigan, kelmaydigan boʻlmoq. Nega biznikidan kodam uzib ket-dingiz, yo koʻngil kolarlik ish oʻtdimi bizdan ? K. Yashin, Hamza. Har qadamda 1) har bir qadamga teng masofada. Har kodamda belgi koʻyib borardi; 2) juda koʻp, oralari juda qisqa, tigʻiz joylashgan narsalar haqida. "Masjidi jomiy" boʻylab har kodamda ga-doy, kolandarlar, tilanchi bolalar, kam-pirlar.. Oybek, Tanlangan asarlar.
Misollar
- Ildam qadam. Shaxdam qadam. sht Ochil "bu gaplarning men-ga aloqasi yoʻq", deganday qilib, qadamini tezlashtirdi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Yonidagi qorabayir buni sezdi shekilli, bir necha odim oʻtib, qadamini sekinlashtirdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Shu vaqt boloxona narvo-nida gurs-gurs qadam tovushi eshitildi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- -Mardonqul aka, — dedi u boshliqning yurishiga qadamini moslab.. — A. Muxtor — Boʻronlarda bordek halovat.
- Sao-datxon bir-ikki qadam bosib, yana orqasiga qaytdi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- -Assalomu alaykum, — dedim ostonadan bir qadam narida turib. — E. Rai-mov — Ajab qishloq.
- Sodiq aminning kapasi ungurdan yuz qadamcha gʻarbda, togʻning soyabon boʻlib osiliv tushgan kattakon toshi ostida edi. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- OʻrtoqAh-medov, bu tajriba paxta agrotexnikasi-da olgʻa qoʻyilgan katta qadam, deydi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Uning bu yer-dan qadami uzildi (kesildi). U biznikiga qadam bosmay qoʻydi. v
- Agar qadamimni boy sezib qolsa, Gulnorning ahvoli ogʻirlash-maydimi? — Oybek — Tanlangan asarlar. Xay-riyat, xayriyat, Abdurasul!.. Sening ham qa-daming biz tomonlarga tushar ekan.. P. Tursun, Uqituvchi.
- Sening uchun keldi sovchi qadami.. — "Bahrom va Gulandom".
- Odam bazan bir marta notoʻgʻ-ri bosib qoʻygan qadami uchun umrbod javob beradi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Axir, kam gapirib, qadamini bilib bossa, ishini bilib qilsa va zimdan qora niyatlar yoʻlidan keta bersa, uni darhol bilish oson-mi, axir? — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Bir qadam narida turibdi; — 2) juda qisqa oraliq — oraliq masofa haqida. Oʻzingiz koʻrdingiz, bugun guzardan bir kodam ham jilganim yoʻq, guvoh boʻlarsiz deyman-da. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o. Qadam bosmoq 1) qadamlab yurmoq.
- ..Turgʻunoy tizzasini ushlab, zoʻrgʻa qadam bosardi. — A. Qahhor — Maston; 2) biror joy, makonga bormoq, kelmoq; tashrif bu-yurmoq. Yoʻq, amaki, uyga endi bir umr kodam bosmayman. S. Ahmad, Ufq.
- Bugun sakkiz kun boʻldi, qadam bosmaysiz-a? — S. Siyoyev — Yorugʻlik; 3) ish-faoliyatda muayyan tarzda ish tutmoq, xatti-harakat qilmoq.
- ..oʻsha bosgan nojoʻya qadami boshiga balo boʻladigan boʻldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Qadam olish Ish-faoliyatda, hayotda oʻzini tutish, bundagi oʻziga xos xatti-harakat, ho-lat.
- Ikkalasining kayflari balandmi yo Opa keltirgan xushxabar esankiratib qoʻyganmi, ishqilib, qadam olishlari boshqacha. — O. Yoqu-bov — Larza.
- ..Abdusamadqorining soʻnggi kun-lardagi qadam olishi Oʻrmonjonning har ik-kala taxmini ham toʻgʻri ekanini aniq koʻr-satib turar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Qadam otmoq (yoki tashlamoq) 1) qadam bosib yurmoq, odim otmoq.
- Ikkala ot bir qiyosda baravar qadam tashlab borar edi. A. Qaqhor, Asror bobo; 2) siljimoq, yurmoq, bormoq. Quyosh taisshr gʻarb sari kodam. Gʻayratiy. Qadam ranjida qilmoq k- ran-jida.
- Ustoz yozuvchi xotirasini eʼzozlash uchun qalam sohiblari, olimlar.. muzeyga qadam ranjida kildilar. — Gazetadan. Qadam tash-lamoq ayn. qadam bosmoq 1; qadam qoʻymoq.
Kelib chiqishi
“qadam” asli arab tilidan kirib kelgan so‘z bo‘lib, “oyoq kafti, tovon; oyoq, odim” ma’nolarini anglatadi.Arab tilidagi “qadama” fe’lining “oldinga bordi” ma’nosi asosida hosil qilingan . Arab tilidan “oyoqni old tomonga tashlab qilingan har bir harakat” ma’nosi bilan qabul qilingan . Hozirgi o‘zbek adabiy tilida “qadam” so‘zi son turkumiga oid so‘z bilan yonma-yon qo‘llanganda numerativ va alohida kelganda mustaqil leksema sifatida tahlil qilinadi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0