Izohli lug‘at
qadamjoy
қадамжой
Ma’nolari
- [a. + f. - (av-
- liyolar) qadami tekkan joy] 1 Ziyorat qilish, sigʻinish uchun boriladigan, moʻjizali, muqaddas deb sanaluvchi joy; ziyoratgoh. Rezident oʻrnidan turib, xarita oldiga keldi: -Ruslar musulmonlarga qadamjolarni ziyorat qilish uchun toʻsqinlik qilishmaydi. K. Yashin, Hamza. Komil ishonch bilan aytish mumkinki, bu muqaddas qadamjo [Chaishai Ayyub] chindan ham moʻjizadir. Gazetadan. Imom Buxoriy qadamjosida barpo etilgan muhtasham meʼmoriy obida qurilishiga ham bir ozhissa qoʻshganman. Gazetadan.
- Koʻrish, biror narsa oʻrganish, namuna olish uchun boriladigan serfayz yoki aziz joy.
Misollar
- Toshkent qadamjoydir.. Aziz joy ekan. — M. Shayxzoda. Bu joylarni ochib, qadamjo qilishga esa birmuncha aziyat chekish kerak. S. Karomatov, Oltin qum.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0