Izohli lug‘at
qadd
қадд
Ma’nolari
- Boʻy-bast, gavda bichimi; qo-mat, sumbat.
- Tananing oyoqlardan yuqori qismi, gavda.
- P. Qodirov, Uch ildiz.
- Kishi va narsalarning boʻyi, baland-ligi.
- Qad koʻtarmoq 1) boʻy choʻzmoq, oʻsmoq. Rayhonlar qad koʻtarib, hid sochdi.. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Murotalining hovlisida qad koʻtargan oʻrik butun qish-loqda mavjud boʻlgan daraxtlarning eng kattasi va chiroylisi edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli; 2) tiklanmoq, qurilmoq. Klub devorlari kun emas, soat sayin qad koʻtara bordi. "Mushtum". Uch hafta ichida gʻishtin sardoba yerdan ikki-uch gaz qad koʻ-tarib, uzoq-uzoqlardan koʻzga tashlanadigan boʻlib qoldi. Mirmuhsin, Meʼmor. Har yer-har yerda.. kabob, somsa, palov pshiiradigan oshxonalar tezda qad koʻtarib, ishga tushdi. J. Sharipov, Xorazm. Qad rostlamoq aim. qaddini rostlamoq 2. Binokor qadami yetgan joy tez obod boʻladi, ulkan zavod-fabrika-lar qad rostlaydi. Gazetadan. Qaddi raso 1) q. raso.
Misollar
- Qaddi kelishgan odam. Qaddi bukilgan chol. v
- Gʻulomjon.. chiroyli qaddi-ni bukib, onasi ustiga engashdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Soqolining oqligiga qaramasdan, uning qaddida keksalik aloma-ti sezilmas edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Olimov.. qaddi barvasta, semizgina kishi edi. — H. Nazir — Soʻnggi chaqmoqlar.
- Kostyum hali boʻyiga nisbatan ingich-ka boʻlgan qaddiga kenglik qildi, koʻkragi bir oz xalta boʻlib, yoqasi koʻchib turibdi.
- Bek qaddini yostiq ustidan koʻtarib, Komilga jilmayib qa-radi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Oʻn kunlik mehnat orqasida har to-moni besh gazli va qaddi uch yarim gazli bir hujra hosil boʻladi. — A. Qodiriy — Obid ket-mon.
- Endi u ozdi, soqollari oʻsdi, yuzi qoray-di.. qaddi choʻzildi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Xirmonlar qaddini koʻkdan oshiring.. — Gʻ. Gʻulom.
- Qaddi raso yigit; — 2) tik oʻsgan — adil.
- Qaddi raso teraklar. Qaddini koʻtar-moq ayn. qaddini rostlamoq.
- Supada yonbosh-lab yotgan yigit qaddini koʻtarib, atrofga qaradi. m
- -Qaddini koʻtarguncha, zavodchi boylardan soliq olinmasin, — dedi.. Yolmon-boy. J. Sharipov, Xorazm. Qaddini rost-lamoq 1) qaddini tik, meʼyoriy holatga olmoq.
- Qurbon ota engashib, samovarning ostiga sim tiqayotgan edi, qaddini rost-lab, Sidiqjonga qaradi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- ..pullarni koʻrpachaga uzala tushib, huzur qilib xayolan sanab yotgan Poshsha xola Laʼshga koʻzi tushdi-da, qaddini rostladi. D. Nuriy, Osmon ustuni; 2) oʻzini tutib olmoq.
- Garchi qaddini rospiab olgan boʻlsa ham, hali yosh, yomgʻirda qolgan gʻoʻzalar Muhiddinning koʻz oʻngidan oʻtardi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi; 3) ish, ahvol-sharoitni yaxshilamoq, durust holga kel-tirmoq.
- Shahar bozorida otasi bergan pul-ni sarmoya qilib, doʻkon ochgan Toji savdo-sotiqni avj oldirib, qaddini rostlay boshladi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
Kelib chiqishi
\a. 15 — bel, qomat; oʻlcham, miq-dor; oʻlchov
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0