Izohli lug‘at
qahr
қаҳр
Ma’nolari
- Qattiq achchiqlanish, jahl tuygʻusi; gʻazab.
- Baʼzi tabiiy hodisalarning "alamli" kuchi, taʼsiriga nisbatan qoʻllanadi.
- Qahri kelmoq qahrlanmoq.
- Qahri qattiq Mexr-shafqati yoʻq.
- Qahriga olmoq Qahrini oʻtkazmoq; jabrlamoq.
Misollar
- Zamiraning qahrdan yonayotgan koʻzlari, achchiqlanganda ham nafosatini yoʻqotmaydigan yuzi jazmaniga yanada chiroyli koʻrindi shekilli, yigit shirin iljaydi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Qoʻzgʻolonchi xalqning.. qahri har lahzada kuchaydi, hayqirigʻi koʻkni tutdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Uning soʻzlashuv ohangi muloyim boʻlsada, ammo uzib olgudek qahr va achchiq kinoya sezilib turardi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Qish qahridan qarsillaydi qayragʻochlar. — A. Muxtor.
- Achchiq ayoz koʻrsatar kuchin, Oʻtkirlashar sovuqning qahri. — D. Fayziy.
- Olimjonning qahri keldi, koʻmir choʻgʻiday koʻzlaridan oʻt chaqnadi. — "Mushtum".
- Qahri kelganda, hech kimni ayab oʻtirmaydi. — T. Ashurov — Oq ot.
- Ha, ana shunday bemehr, qahri qattiq kimsalar ham bor. — Gazetadan.
- Ey xudovandi karim, men bechorani nega buncha qahringga olding. — K. Yashin — Hamza.
Kelib chiqishi
arab. – qahr boʻysundirish, majburlash, zoʻrlash; xafalik, alam, qaygʻu
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0