Izohli lug‘at
qalam
қалам
Ma’nolari
- Oʻrtasiga ingichka, uzun grafit joylangan choʻp shaklidagi, xat yozish, rasm solish, chizma chizish uchun ishlatiladigan yozuv, chizuv asbobi.
- Moʻy qalam yoki qalami moʻy q. moʻyqalam. Tosh qalam ayn. grifel.
- Perosi oʻzidan chiqarilgan ruchka.
- Poʻlat qalam esk. ayn. pero.
- Umuman, yozish, ijod qilish quroli. U qoʻlimga tutqazib k,alam, Koʻzlarimdan oldi uyquni. E. Vohidov.
- Yozma asar ijod etish; yozma ijod, ijod.
- Qalam uchi (yoki haqi) Yozilgan narsa uchun beriladigan haq; gonorar.
- Qoshni qora qilish uchun surtiladi-gan qora modda va uni qoshga surtish uchun ishlatiladigan choʻpsimon asbob.
- maxe. Tosh, taxta kabi qattiq jism-larni oʻyish, kesish va gul solish uchun ishlatiladigan metall asbob.
- shv. Tilim, tilik.
- Qalam qosh 1) uncha egilmagan qop-qora chiroyli qosh.
Misollar
- Qora qalam. Rangli qa-lamlar. shsh Chernetsov koʻk va qizil qalam-lar bilan bezab taitangan xaritaga qaradi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Sava gich qalam. n
- Keyin bir parcha qogʻoz olib, qamish qalamni qitirlatib yoza boshladi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Bu ikkisi qogʻoz-ga mixlangandek gap-soʻzsiz qalamni qirr-qirr qogʻoz ustida yuritib turar edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Usmon Nosir oʻtgan yoʻl-larida chaman ungan, qalami Pushkin, Ler-montovlarni oʻzbek tilida gapirtirgan. — Gazetadan.
- Yaxshi yigit, sizning qalam kuchingiz juda ham zoʻr ekan-ku. — 3. Fatxullin — Soʻn-mas yulduz.
- Uning qalamiga mansub sheʼriy asarlar.. taʼsirchanligi bilan kishini oʻziga maftun etadi. — Gazetadan.
- Duo qilib, qalam uchisiga boʻzni uzatdim — olmaydi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Bir oy oʻtgach, ga-zetada bosilgan ilk hikoyasiga qalam haqi keldi. — "Yoshlik". Qalam yurgizmoq (yoki teb-ratmoq, surmoq) 1) yozmoq, xat mashq qil-moq.
- Ularning zehni oʻtkirroqlari hozir bemalol xat taniydigan, qalam yurgizadi-gan boʻlib qolishdi. — H. Gʻulom — Mashʼat; 2) adabiy asar yozmoq, ijod etmoq.
- U sheʼrning turli navlarida qalam yuritadi. — Oybek — Navoiy.
- Maʼruf Nazarov., qoʻshiqchilik so-hasida ham dadil qalam tebratyapti. — X. Yodgorov — Hayot toʻlqinlari. Qalami oʻtkir Ijod, yozish qobiliyati darajasi yuqori.
- Fazliddin esa, qalami oʻtkir jurnalist edi. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
- Ahmadning boʻlimga koʻp foydasi tegishi mumkin, qo-biliyatli bola, qalami oʻtkir. — F. Musajo-nov — Himmat. Qalamga olmoq Biror asar, maqola va shu kabilarni yozishga kirishmoq; yozmoq.
- Bu kun men shu "Oʻtgan kunlar"ni qalamga olganimda ham, oʻsha oʻzimni zeriktirgan faslni tashlab ketishga majburman. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- ..vafodorlikni ulugʻlab, bevafolikni ranj bilan qalamga oldik. — Gazetadan. Qudrat qalami Xudo to-monidan bitilgan, belgilangan.
- Har banda qudrat qalami bilan yozilganni koʻradi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Seni ha-ramda yaxshilab yasantiraman, qoshlaringga qalam, koʻzlaringga surma tortaman. — Mirmuhsin — Choʻri.
- Haykalta-rosh qalami.
- Bir qalam goʻsht.
- Toʻgʻri, qalam qoshga oʻsma qoʻyilsa buzarmish. — S. Anorboyev — Oqsoy; 2) shunday qoshli kishi.
- Koʻp yigit ayrildi qalam qoshidan. — Gʻayratiy. Qoshi qalam ayn. qalam qosh 2.
- Birdan qoshi qalamim Paydo boʻldi nihoyat. — Yo. Mirzo.
Kelib chiqishi
a. — qamish pero; uslub; xat, dastxat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0