Izohli lug‘at
qalin
қалин
Ma’nolari
- I 1 Koʻndalang oʻlchami katta (odatda yassi-yoyiq narsalar haqida).
- Bir necha qavatli yoki orasiga narsa solib ishlangan (asosan, kiyim, koʻrpa va sh.k. buyumlar haqida).
- .. eski kalin chopon.. lozimu koʻylak olib chiq-di. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Bir-biriga juda yaqin joylashgan; zich, tigʻiz.
- Tutash holatli; quyuq.
- Koʻp, moʻl.
- Yoʻgʻon. Naridan keladi kalin bir ovoz. M. Shayxzoda. Soqolli kampir bir qoʻlini Nurining boshiga yengil qoʻyib, baland, kalin tovush bilan.. soʻzlarni ohang-dor choʻzib qichqirdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Yaxshi va mustahkam aloqali; qadrdon, yaqin, jonajon.
- Terisi (yoki beti) qalin q. teri I.
Misollar
- Qa,shn kitob. Qalin taxta. Qalin qogʻoz. Qalin namat. Poʻchogʻi qalin qovun. m U daftar-ning qolgan yozuvlarini ham oʻqir ekan, kalin lablariga titroq kirdi. "Mushtum".
- Qspin koʻrpa. Qa,shn toʻn. Qalin kiyinmoq. shsh /Fosih afandi] Qalin koʻrpacha ustida savol-jayeobga quloq solib oʻtirdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- /Qutidor:] Oʻzing-ni teja, qizim, oʻrningni qalin qilib bur-kanib yot, terlasang yorishasan, qizim? A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Qalin soch. Qalin maysa. Qalin oʻrmon. n Quyosh sekin-asta koʻtarilib, kalin shoxlar orasidan moʻralay boshladi. I. Raxim, Chin muhabbat. ..kalin oʻt ustida oʻti-rib, atrofni koʻzdan kechirdi. A. Rahmat, Soqov bola.
- Ularning hov-lisidan qoshiga qalin oʻsma qoʻygan, qomati barvasta, chehrasi quvnoq ayol chiqib kelyap-ti. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Ikki oʻr-toq.. qator daraxtlar qalin soya tashlab turgan koʻchaga burilishdi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- "Jinchiroq" ham koʻrinmaydi, uy ichi qalin tutun. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yoʻlni koʻzlab oʻtirgan edim, u yoq-dan.. qalin chang koʻtarilganini koʻrdim. — S. Ayniy — Qullar.
- Qalin qor. m
- Bozor kuni boʻlganidan, rastalarda odam qalin. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Toʻy egasi yirik qoʻshma korxona rahbari boʻlgani uchunmi, odam juda qalin edi. — Gazetadan.
- Tashqari supurib-si-dirilgan, qalin qilib suv urilgan boʻlishi kerak. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Umening qalin oʻr-togʻim. n
- Nizomjonning eng qalin oshnasi Karimjon ham frontga ketdi. — S. Ahmad — Ufq.
- Tantiboyvachcha u bilan bir yildan buyon qalin doʻstlashib, har hafta ulfat-chilik qilishga boshlagan edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Olimlar sanoat va qishloq xoʻjaligi xodimlari bilan qalin hamkor-likda.. bir qancha ishlarni bajardilar. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0