Izohli lug‘at
qalqimoq
қалқимоқ
Ma’nolari
- Suyuqlikning betida chayqalmoq, tebranmoq.
- Yuzada, biror narsa ustida lapang-lamoq; u yon-bu yon chayqalmoq, silkinmoq.
- Yerdan koʻtarilgan chang-toʻzon ogʻir-ogʻir qal-qidi. Shuhrat, Shinelli yillar.
- Ixtiyorsiz, qandaydir taʼsir bilan biror tomonga siltanmoq.
- Notinch holatda, harakatda boʻlmoq.
- Biror narsa ostidan, ortidan, tubi-dan sirtga (yuqoriga) chiqmoq.
- Oʻtirgan, yotgan oʻrnidan turmoq, qoʻp-moq.
- Oyoqqa qalqimoq Oʻtirgan joyidan tik-lanmoq, tik turmoq.
- Paydo boʻlmoq, chiqmoq, toshmoq. Uning badaniga allakanday kora dogʻlar kolqigan, isitmasi chiqib yotibdi. A. Muxtor, Tugʻi-lish.
- Gʻ1amoyon boʻlmoq, aks etmoq. Oyna opa chehrasidagi jiddiylik yoʻqolmagan boʻlsa-da, lablarining bir chetida tabassum kolqi-di. Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar. Chehrasiga kalqib chikqan alamli ifodani yashirishga urinib, burilib qaradi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- koʻchma Ikkilik boʻlib, na u yoqli, na bu yoqli boʻlmay turmoq; ikkilanmoq.
- ayn. oʻqchimoq. Qandolat buvi choy hoʻp-lab turib, piq etib kulib yuborgan edi, qal-qib ketdi. R. Fayziy, Hazrati inson.
Misollar
- Qayiq suvda qalqib turibdi. n Suv yuzida qamish gʻaramlar qal-qib suzar edi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qis-sasi.
- Oʻrtada ustiga qora guldor joynamoz yopilgan to-but.. yelkama-yelka qalqib oʻtadi. — T. Ashurov — Marvarid tut.
- Nazokat qora xonatlas koʻy-lak kiyib olgan, qizil duxoba nimchasi os-tida toʻla koʻkragi qalqib turardi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Tramvay qoʻzgʻal-ganda, bir moʻysafid qalqib ketib, ikki yigitga tegib ketdi. — "Mushtum".
- Malohat yurak oldirib qoʻygani uchunmi yoki choʻchidi-mi, oʻtirgan stulida bir qalqib ketdi. — I. Rahim — Tinimsiz shahar.
- Zamona qalqib turibdi, bek tugul amirning oʻzi ham qutquda emish. A. — Muxtor — Chinor. Ikki oʻrtada soʻz qochib, vaziyat qal-qib turganda, yoshgina yigit soʻz soʻradi.. S. Mahkamov, Gina.
- Ular, ba-sharti, birontasi suv yuziga qalqib chiqib qolsa, yana oʻq otishardi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Daraxtlar ortidan oy qalqib, sekin suzib koʻtarila boshladi. — Oybek — Nur qi-dirib.
- Mamajonning oʻpkasi toʻlib, koʻziga yosh qalqidi. — S. Nurov — Gʻ1arvon.
- Oppoq dala, qir, Oy nuri balqir, Tong otar-otmas Bitta qiz qalqir. — M. Alaviya.
- Xon oʻrnidan qalqib turib, hech kimga kara-may, hech narsa demay, oʻkday otilib, ichkari-ga kirib ketdi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Yuzboshilar ham oyoq-ka qalqib, koʻl qovushtirishdi. — H. Gʻulom — Mashʼal. Hamma oyokqa qapqib, salomlashdi. Shuhrat, Shinelli yillar. Yuragi qalqi-moq Qalbida kuchli noxush his-sezgi qoʻz-gʻalmoq. Yodgorning yuragi qazqib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Ming-boshining bu tilyogʻlamaligi majlisning qalqib turgan qismini ham uning tomoniga burib yubordi. — Sh. Rizo — Qor yogʻdi, izlar bosildi.
- To-mogʻimdan osh oʻtmay, qalqib ketdim. — R. Aziz-xoʻjayev — Yashil chayla.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0