Izohli lug‘at
qalqon
қалқон
Ma’nolari
- Jangchining tanasini qilich, nayza va sh.k. tigʻli qurollar zarbidan himoya qiluvchi, turli materiallardan yasalgan moslama.
- Ofat, balo, koʻngilsiz hodisalar va shu kabilardan saqlovchi vosita; toʻsiq, gʻov.
- Himoyachi.
- Koʻkragini (yoki koʻksini, bagʻrini, oʻzini) qalqon qilmoq jonini ham ayamay qoʻriqlamoq, koʻksini tutib himoya qilmoq, daf etmoq.
Misollar
- Badia siri fosh boʻlib — qilichi sinib, qalqoni teshilgan sarbozolarday, lol boʻlib qoldi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Hammadan oldinda boshdan-oyoq zirhli kiyim kiyib, qoʻlida qalqon tutgan Ahmad Tanbal kelmoqda edi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Qum balosiga, garmsel balosiga nima qalqon — daraxt qalqon. — Oybek — O.v. Shabadalar.
- Nizomulmulk.. sizning zarbangizga qalqon qidirib, oʻzini u tomonga yaqinroq olib yuribdi. — Oybek — Navoiy.
- Mathasan ogʻam yonimda boʻlsa, koʻchada qoʻrqmay yuraman. Bu mening qalqonimda. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Ana shu yillarda Xolmat Rajabov.. dushmanlarga koʻkragini qalqon qilganlardan. — N. Safarov — Olovli izlar.
- U koʻksini qalqon qilib, yurtini himoya qildi. — Mirmuhsin — Qulamas qoya.
- Bir toʻda odamni.. tasirlatib oʻqqa tutishganda, bir chol, bolani orqasiga olib, oʻzini qalqon qilgan ekanda. — R. Fayziy — Hazrati inson.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0