Izohli lug‘at
qaltis
қалтис
Ma’nolari
- Alohida ehtiyotkorlik talab qiladigan, nozik.
- Xavf-xatar bilan bogʻliq boʻlgan, oqi-bati yomon boʻlish ehtimoli bor, xatarli.
- Oʻylamay, bilmay, ixtiyorsiz qilingan; noqulay.
- Qaltis yemoq ayn. shikastlanmoq.
- Qaltis ketmoq; Ehtiyotsizlik bilan oqibati yomon boʻlishi mumkin boʻlgan ish, gap-soʻz qilmoq.
Misollar
- Qaltis savol.
- Ravshan polvon masala juda qaltis ekanini Jamolovdan ham yaxshiroq tushunib qoldi. — O. Yoqubov — Larza.
- Yosh boʻlsada, dadasi singari dadil tushadi, kurashning koʻp qaltis hunarlarini otasidan oʻrganib olgan. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Qaltis qadam. Qaltis tajriba. Qaltis hazil. Qaltis hunar. Qaltis siyosat.
- [Mayna] Bu xatarli, qaltis safardan aslo choʻchimasdi. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
- Ahmadjon aka, juda qaltis ishda.. Bir chuvingiz chiqsa bormi.. — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar.
- Samarqandga tavakkal qilib borayotgan Bobur juda qaltis ishga bel bogʻlaganini sezardi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Tergovchi gapni qaltis boshlab qoʻyganidan pushaymon boʻldi. — I. Qalandarov — Shoxidamas, bargida.
- Qaltis yiqilib, biron joyi mayib boʻlgan kishi buning ogʻrigʻini oʻsha tobda emas, keyin bilganidek, Sidiqjon bu mojaroning butun dahshatini.. keyin bildi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Oʻshanda oyogʻi qaltis yegan, lekin tabiblar uni chiqqan deb qayta-qayta shiqirlatib sola berganlaridan, bir oyogʻi kalta boʻlib qolgan. — Oydin — Hikoyalar.
- Siz juda qaltis ketdingizda. Birdan moʻʼtabar odamlarning yoqasiga yopishdingiz.. — Yo. Xaimov, M. Rahmon — Hayot-mamot.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0