Izohli lug‘at
qamrov
қамров
Ma’nolari
- . Ish-faoliyat, ijod doirasini oʻz ichiga olish, sigʻdira olish, qamrash imkoniyati.
- . qurshov, ogʻush.
- . Biror narsaning faoliyat doirasi, chegarasi.
Misollar
- Hodi Zarif – qamrovi keng olim. — M. Afzalov — Jonkuyar olim.
- Idrokimizdan koʻra koʻzlarimizning qamrovi kengroq boʻlsa ne ajab. — Sh. Rashidov — Qudratli toʻlqin.
- Injenerlar bu joyning gardsimon qizgʻish tuprogʻini qoʻllarida ezgʻilab, xayol qamrovida oʻtirishar.. edi. — Y. Shamsharov — Toshqin.
- Rumiya gap qamrovini asosiy maqsadga burgan sari, Afanasiy Vasilyevich usta mergandek yoyni uzoqroqqa moʻljallab otardi. — S. Karomatov — Soʻnggi barxan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0