Izohli lug‘at
qanot
қанот
Ma’nolari
- Qush va hasharotlarning uchish aʼzosi.
- Qanot qoqmoq (yoki silkimoq) 1) takror holda qanotlarini koʻtarib, yoniga urmoq.
- Shaxs yoki narsaning "uchish"i, "parvoz"iga xizmat qiluvchi aʼzosining ramzi maʼnosini bildiradi. —
- Qanot bagʻishlamoq "Uchish", "parvoz"ga imkon yaratmoq, shunday imkon bilan taʼ-minlamoq; madad bermoq.
- Samolyotning yerdan koʻtarilib, havoda muallaq turishi uchun xizmat qiladigan qanotsimon yoyiq qismi.
- Avtomobil, velosiped kabi mashi-nalar gʻildiragi ustiga loydan himoya qi-lish uchun oʻrnatilgan moslama.
- Eshik, deraza va shu kabilarning tabaqasi. Yunusov derazaning qanopgarini ochib, ke-sakisiga qulochini yozgancha turib qoldi. N. Maqsudiy, Majlisdan soʻng. Uzoqdan Bo-tirning ustma-ust bergan signali eshi-tilgandan keyin katta darvozaning qa-nopʼshri keng ochildi. I. Rahim, Ixlos.
- Yoyiq, choʻziq narsalarning biror to-moni, yoni, chekkasi.
- Zina, koʻprik va shu kabilarning yoniga oʻr-natilgan toʻsiq; panjara.
- harb. Yoyiq joylashgan qoʻshinlarning, frontning oʻng yoki soʻl tomoni, shu tomon qismi.
- Suyanchiq, koʻmakchi.
- Diqqat-eʼtiborda boʻlish ho-lati; himoya, homiylik, panoh.
- Qanot osti (yoki tagi) ayn. qanot 10. Da-
- noti ostida saqlamoq. n
Misollar
- Gʻozning qanoti. Qaldirgʻochning qa-noti. Kapalakning qanoti. Pashshaning qanoti. Hush qanoti bilan uchib, quyrugʻi bilan qoʻnar. — Maqol.
- yat Margʻilon va Qoʻ’-qonga uchadigan maxsus kabutar keltirildi. Naycha qilingan qisqa xatlar ularning qanotlari tagiga mahkamlandi. — P. Qodi-rov — Yulduzli tunlar.
- Nozik rang-barang parvonalar, kapalaklar lampa atrofida aylanar, guldor qanotlarini shishaga urib tipirchilar, gilamga yengilgina qulab, ti-nar edilar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Tom orqasida xoʻroz qanot qoqib, qichqir-di. — A. Qahhor — Anor; 2) qanotlarini silki-tib uchmoq, qanotlarini silkigan holda parvoz qilmoq.
- Shiyponning atrofidagi gulzorda rang-barang kapalaklar, ignachilar qanot qoqar, asalarilar gʻoʻngʻillar, alla-qayerda gʻurrak gʻurillar edi. — A. Qahhor — Kartina.
- Undan nariroqda qora kalxat oʻz sanʼatini namoyish qilayotganday, qanot silkimay, bir tekis suzib yuribdi. — N. Fo-zilov — Diydor.
- yigit-ning qanoti. n
- Yangilikning qanoti bor. Ogʻizdan ogʻizga oʻtib, tez tarqaladi. — Gazetadan.
- Hamza boʻlsa, xayol qanotida oʻt-mishni birma-bir kezib chiqdi. — K. Yashin — Hamza.
- Shundoq deb Ilhomning nozik va mayin Qanotlarin Hasad yulib tashladi. — A. Oripov — Yillar armoni.
- Umumxalq jon-kuyarligi oʻqituvchilarga qanot baxsh etyap-ti. — Gazetadan.
- ..yuragining alla-qayerida uchqunlanayotgan umid unga qanot bagʻishlar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Qanot yozmoq 1) qanot paydo qilmoq, qanot chiqarmoq, yuzaga kelmoq. ..qalbimda yangi bir orzu — Sherobodga otlanish orzusi kapot yozdi. Gazetadan; 2) tarqalmoq, yoyil-moq.
- Ilgʻor tajriba, ibratli tashabbus hamisha qoʻllab-quvvatlanadi, keng qanot yozadi. — Gazetadan. Qanot yoymoq ayn. qanot yoz-moq 2.
- Choʻlda yangi hayot qanot yoymoqda. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari". Qanot qoqmoq 1) shaylangan, intilgan holatda boʻlmoq.
- Siz-dan bilimdan topilib qolardi yuborishga. Oʻzingiz elburutdan qanot qoqib qoldingiz. — H. Nazir — Oʻtlar tutashganda; 2) uchmoq. U
- dunyoga desangiz ham, qanot qoqib borardim.. S. — Karomatov — Oltin qum. Qanotini qa-yirmoq (yoki sindirmoq) Ish-harakat, fao-liyat vositasi (imkoniyati)dan mahrum qil-moq, majruh holga keltirmoq.
- [Jamila:] Kush edim — qanotimni qayirdilar. Gul edim — bulbulimdan ayirdilar. — Hamza — Boy ila xizmatchi. Danotimni qayirib, Tuqqan eldan ayirib, Tashladilar zindonga, Boshladilar hijronga. Yo. Mirzo.
- \Yigit\ Oldingi qanoti sinib qolgan "Zif" velosipediki sekingina haydab kelyapti. — Sh. Ota-murodov — Koʻngil.
- Avtomobil qanoti.. alyu-miniydan ishlanadi. — "Fan va turmush".
- Binoning soʻl qanoti — eshik oldi baland ayvon. — A. Qahhor — Yangi yer.
- Koʻchalar qanotidagi ariqlarda zilol suvlar sharqirab oqib turibdi. — J1. Erga-shev — Gulbuloq.
- Mahkam zina-poyaga qarab chopdi va uning silliq yogʻoch qanotidan ushlab, uchinchi qavatga yugurib chiqdi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Tohir koʻp-rikning qanotidan pastga egilib qarab, shu tirgaklardan birini moʻljalga oldi-yu, toʻxtadi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Mirzo Yodgorning oʻng va soʻl qanotla-ri qattiq shikayet yeb, butunlay bebosh-betartib qochishga yuz tutgan edi. — Oybek — Navoiy.
- Bobur qoʻshini yov bilan yuzma-yuz toʻqnashishi uchun oʻng qanotini oldinroq chiqarib, daryoga orqa oʻgirdi-yu, janubga tomon burila boshladi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Yorim boʻlsa, qanotim, deyman. — Sayyor. U [
- Nizomjon] Ikromjonga oʻgʻil boʻldi. Uning qoʻsh qanoti boʻldi. — S. Ahmad — Ufq.
- Ustozlar qanotida, ularning koʻmagi va yoʻl-yoʻriq-lari asosida ilgʻorlar tajribasini oʻrgan-dim. — Gazetadan.
- Uning qanotida koʻpdan-koʻp yosh talantlar tarjimonlik, tahrir-chilik singari murakkab ishning sir-asrori-ni bilib oldilar. — X. Yodgorov — Hayot toʻl-qinlari.
- Bu xatarli asno-da men seni qanotim ostidan chiqarmagay-man. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- ..mana endi u sizning qanotingiz tagida jon saqlab yurgan ekan.. — S. Mahkamov — Shogird.
- Sidiqjon.. Sobirjon qoriga qarol boʻlib yurgan vaqtlarida Xadicha xola uni oʻz qanoti ostida hisoblar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Qanoti ostiga (yoki tagiga) olmoq 1) oʻz panohiga, himoyasiga yoki qaramogʻigʻa olmoq.
- Yetimlarni qanoti ostiga olibdi; 2) salb. — yoniga — atrofiga toʻp-lamoq. Dodirov ogʻzi katta erkaklarni kapot i ostiga olish yoʻli bilan oʻz mavqeini kuchaytirishga intilganini sezib turardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli. Qanoti ostida boʻlmoq Kimsaning panohida, himoyasida yoki qaramogʻida boʻlmoq. [Maysara:]
- Endi, taqsirim, davlatni ham koʻrganman, ishqi-lib, sizning qanotingiz ostida boʻlsak boʻ-ladi-da. — Hamza — Maysaraning ishi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0