Izohli lug‘at
qaramoq
қарамоқ
Ma’nolari
- Koʻrish uchun koʻzni biror tomonga, narsa yoki kimsaga yoʻnaltirmoq, koʻz tashlamoq, nazar solmoq; boqmoq.
- Fikran nazar tashlamoq, koʻz tikmoq, boqmoq, koʻz oldiga keltirmoq. Oʻtmishga bir karang. Kelajakka ishonch bilan karamok-
- Koʻzdan kechirmoq, nazar solmoq, tek-shirmoq.
- Yuzlanmoq, yuzini (betini) bir tomonga qaratmoq.
- Eʼtiborda, munosabatda boʻlmoq, yon-dashmoq.
- Ish-mashgʻulot, kimsa yoki narsaning tarbiyasi va sh.k. bilan mashgʻul boʻlmoq; shugʻullanmoq; koʻz-quloq boʻlmoq; davola-moq, parvarish qilmoq.
- Eʼtibor bermoq, nazarda tutmoq, hi-sobga olmoq.
- Yeb-ichmoq, olmoq.
- Bogʻliq boʻlmoq, ahamiyati boʻlmoq.
- Kimsaga ergashmoq, taqlid qilmoq, unga boqib, uning belgi-xususiyatlari boʻ-yicha ish tutmoq.
- Yuzi, betkay tomoni bilan biror narsaga yoki tomonga roʻbaroʻ turmoq.
- Ixtiyorida boʻlmoq (tasarrufi, bo-qimi va sh.k. jihatdan).
- Muhokamasini tashkil etmoq, mu-hokamasini oʻtkazmoq; koʻrmoq.
- Kutmoq, poylamoq, koʻz tutmoq.
- (deb soʻzi bilan qoʻllanadi) ..deb tu-shunmoq, bilmoq, hisoblamoq, oʻylamoq.
- (2-sh. buyr. m. shaklida — qarang, qara) Ajablanish, oʻylamaganlik, kutmaganlik maʼnosini (eʼtiroz, norozilik yoki mam-nunlik maʼnosi bilan) bildiradi.
- (1-va 3-sh. shart mayli shaklida — qarasam, qarasa) "Eʼtibor bersam", "diq-qat qilsam" maʼnosini bildiradi. Bir mahal karasam, temir yoʻlda ketayapman. E. Raimov, Ajab qishloq. Shunaqa qilib, qa-rasak, ellikboshi qoʻymaydigan.. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- koʻm. fl. vazifasida. Yetakchi feʼldagi ha-rakatning sinab koʻrish, bilish, tajriba, sinovdan oʻtkazish harakati ekanini bildiradi.
- Yer ostidan (yoki tagidan) qaramoq Yuzi-ni yerga qaratgan holda qaramoq.
Misollar
- At-rofga qaramok■ Soatga qaramoq■ Bulutlar-ga karamok. Tikilib karamoq■ Kulib qara-mok■ Xoʻmrayib qaramoq. n Hakimboyvachcha yalt etib ukasiga karadi. Oybek, Tanlangan asarlar. Hamdam dadasiga karaganicha, uzok turib qoldi. A. Qahhor, Ayb kimda?
- -Menga kara, xotin! — dedi hoji jiddiy tusda. Oʻzbek oyim qaradi. A. — Qodiriy — Oʻt-gan kunlar.
- Xatni qarab chikdim, aytilgan gaplarda jon bor. — "Sharq yulduzi".
- [Homid:] Eshikning zanjiriga bir qarab kelingiz-chi, imon topkur Jannat ona. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Ular bir necha koʻchani qunt bilan qarab chiqib, choyxona topolmadilar. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Qizing qani, de-dim. "Uyda edi, qayoqqa borardi", dedi. U yoq-ni qaradik, bu yoqni qaradik, yoʻq. Shu qo-rongʻida qayoqqa boradi? — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Uyalib, yerga qaradi. yaya Dodam indamay, teskari qarab oldilar. — E. Raimov — Ajab qishloq. Nuri derazaga qa-rab, hovlida Yormatning qorasi oʻchar-oʻchmas, Gulnorga dedi.. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Yigit koʻkka qarab, tinch uxlar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ammo eng katta nuqsoni shunda ediki.. oʻqiganlariga tanqidiy yondashib, oʻz nuqtai nazaridan qaramasdi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Siz bu ehtimolga qanday qaray-sizlar? A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Nima uchun bola tarbiyasiga sovuqqonlik bilan qaragan oʻqituvchiga qonun yoʻq, chaqir bu yoqqa Ham-damni! — A. Qahhor — Asarlar.
- Otga qaramoq. Ekinga qaramoq. Bolaga qarab turmoq. yat Mana, siz, bitta oʻzingiz oʻttiz ikkita mashinaga qarar ekansiz. — A. Qahhor — Iillar.
- Endi ishingga qara, bolam.. — S. Siyoyev — Yorugʻ-lik. Saidmurod aka uch kun ham xotinining tepasidan jilmadi, hoʻl-qurugʻiga oʻzi qa-radi. N. Qobil, Bemorlar.
- -Endi mening ho-lim yoʻq senlarga qaraydigan, — deb buvim yigʻlab yubordilar. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Hamma qoʻli boʻshaganda yigʻlaydi, sen yigʻi-dan boʻshamaysan. Na oʻzingga qaraysan, na uy-ga. — A. Qahhor — Asror bobo.
- Birovning raʼyiga qaramoq. Qosh-qovogʻiga qaramoq. n
- Uy qiladigan boʻlsangiz, mening ham ixtiyorimga qarang-da. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Oʻzing nega onamizning roziliklariga qaramagan eding? — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar.
- Eri unga [Zay-nabga] oylab, yillab qaramay qoʻyganida ham, u "ix" deb tovush chiqarmadi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Mehmonlar, ovqatga qarab oʻtiringlar. shsh Dani, non ol, uzumga qara. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Aql yoshga qaramaydi. yash -Ha, uch yarim mehnat ishlaydigan odamga oʻxshamaydimi ? -Jussa-ga qaramas ekan-da. -Nega, jussaga ham qaraydi. Jussasi yomonmi ? — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Yaxshi er-xotin boʻlish qoʻlning qattiq-yumshoqligiga ham qaramas ekan-ku! — A. Qahhor — Maston.
- Sizga qarab oʻzini sipoh tutyapti. Odamning husniga qarama, aqliga qara. sht Boshqalarga qarash kerakmas, bosh-qalar bizga qarasin, koʻrsin, oʻylasin. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- De-razalari janubga qaragan uy. Toqqa qara-gan shiypon.
- Bu bogʻlar qoʻshni tumanga qaraydi. yat Bedapoyaning naryogʻi uchinchi brigadaga qaraydi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Yetti bolam bor. Onam bor, xotinim — hammasi boʻlib oʻn kishi menga qaraydi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Sud sizning ishingizni ertaga qaraydi.
- Biz sizga ikki soatcha qaradik. m
- Sening chi-qarishingga qarab, qoʻsh mahalini oʻtkazib yuboraymi? — A. Qahhor — Qoʻshchinor chirok-lari.
- Hammani oʻziga doʻst deb qaramoq. n
- Hozi ham, Asad qori ham jadid maktablariga qarshi edi, ular bu xil maktablarga diniy maktablarning goʻrkovi deb qarar edilar. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Bu xotinlar-dan hech biri qilayotgan ishiga, kasb-koriga sababi tirikchilik deb qaramaydi. — A. Qahhor — Xotinlar.
- Aksiga bugun yomgʻir yoqqanini qarang. yash Xoinlik qilib qoʻyib, yana munofiqlik qilganini qarang-a! — B. Rahmonov — Bahor arafasi.
- Xayolni qarang, axir sizga parafin olib kelgan edim-ku! — S. Karomatov — Oltin qum.
- Baraka topkurni qarang, taqsir.. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Nayrangbozlikni qara, evi bilan boʻladi-da! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Jonfigʻon uning oʻqishiga "notavon koʻngil.. orzuga ayb yoʻq" degan nazar bilan qarab yurar ekan, bir vakt karasaki, Malohat kursni bitirib, gruzovoy [yuk mashinasi/ minib yuribdi. — A. Qahhor — Qanotsiz chittak.
- Tabib.. tovokdagi kusuqni hidlab qaradi.. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Oʻrmon-jon bu yillarni surishtirib karasa, tosh-qin taxminan har oʻn-oʻn ikki yilda bir martaba boʻlar ekan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Hushyor paytlarida u oʻzining ahvolini oʻylab qarar, nazarida, dahshatli tush koʻrayotganga oʻxshab ketar edi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Uning ol-didagi hammol, yomon nazar bilan yer ostidan qarab, yuzini teskari burdi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Yerga qaramoq Noqulay, xijolatli holga tushmoq.
- ..bitta-yarimta eshitgudek boʻlsa, biz yerga qararlik boʻl-maylik, oʻltirishning katta iltimosi siz-dan — shu! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Koʻ-zingga qara K- koʻz 3. Ola qaramoq k- ola. Ogʻziga qaramoq q. ogʻiz. Tik qaramoq Tap tortmay, dadil yuzlanmoq, qaramoq.
- Dil-fuza salom ham bermay, uning koʻziga tik qaradi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol. ..umrida birinchi marta eriga tik karab: -Kim sizni tushungan odam deydi! — dedi. Mirmuhsin, Topilgan husn. Qarab tur Doʻq-poʻpisa, jazolash haqidagi taʼkidni bildiradi.
- Qarab tur, dadang kelsin! Shunday tanobingni torttirayki.. — N. Safarov — Olovli izlar. Mahalladagilardan biriga: -Hali karab tursin! — dedi. Shukrullo, Ja-vohirlar sandigʻi. Qarab turmoq 1) koʻz-qu-loq boʻlib, nazorat qilib turmoq. Men bozorga borib kelguncha, bolalarimga karab turing, koʻshni; 2) kutmoq, kutib turmoq. Pulingiz yoʻk boʻlsa, nega nevarangizni pul topguncha koʻmmay, karab turmadingiz. B. Rahmonov, Bahor arafasi; 3) faoliyatsiz, hech qanday munosabatsiz holda boʻlmoq. -
- Ona shoʻrlik bolasi uchun oʻzini oʻtga tashlaydi. Men ham qarab turmayman, — dedi Gʻulom-jon. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o. Olimjon aka, siz chora koʻravering, karab turmang. Oybek, Tanlangan asarlar. Podshoh bizning doʻstlarimizni oʻkqa tutsa ham, karab tura beramizmi? "Yoshlik".
Kelib chiqishi
Mo‘g‘ulcha хар so‘zidan olingan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0