Izohli lug‘at
qariyb
қарийб
Ma’nolari
- Taxminan, deyarli, yaqin.
Misollar
- Qariyb bir kilometrcha masofa.
- Tank qirq-ellik metr yaqin kelganda, Ahmadjon oʻsha chakalakzordan chiqqan qariyb bir rota nemis piyoda askarini koʻrib qoldi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- U qariyb doimo hushsiz yotar, hech bir narsa yemas, faqat goh-goh suv soʻrab ichardi. — S. Ayniy — Esdaliklar.
- Trolleybus qariyb boʻsh boʻlgani uchun, Aʼzamjonni bemalol savolga tutdi. — A. Obidjon — Akang qaragʻay Gulmat.
Kelib chiqishi
arab. – yaqin, yaqindagi; qarindosh
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0