Izohli lug‘at
qaror
қарор
Ma’nolari
- Biror ish, masala va sh. k. yuza-sidan qabul qilingan xulosa; amalga oshi-rish lozim topilgan qatʼiy fikr; aqd, toʻxtam.
- Qaror bermoq kam qoʻll. ayn. qaror qil-moq.
- Rasmiy organ, tashkilot, majlis, mansabdor shaxe va shu kabilarning biror ish, masala yuzasidan bamaslahat qabul qilgan toʻxtami, hukmi.
- Osoyishta, bezovta boʻlmagan hol, oso-yishtalik; orom. Yosh yurak asta-sekin qa-rorini yoʻqota bordi. M. Ismoiliy, Far-gʻona t. o.
- Qaror topmoq 1) tinchimoq, orom top-moq.
- ) yuzaga chiqmoq (kelmoq), amalga oshmoq.
- Turarjoy, toʻxtaydigan joy.
Misollar
- Ayolning istagi zoʻr, qarori qatʼiy edi. — M. Xayrullayev — Tilla marjoy.
- [Hasa-nali:1 Men sizni qutidorning qiziga uy-lantirishga qaror qilib, qarorimni bukun kechasi Ziyo shohichi bilan amalga oshirdim. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Koʻp oʻylash natijasida.. Poshsha ham oʻz qaroripi berib, darhol ishga kirishgan edi. — Choʻlpon — Kecha va kunduz.
- Men oʻz jonim uchun sening hayotingni qurbon qshshaslikka qaror berdim. — K. Yashin — Hamza. Qaror qilmoq Maʼlum (yoki qatʼiy) fikrga (toʻxtamga) kelmoq.
- Nuri fursatni qochirmaslik uchun hiilani ishlatishga qaror qildi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Sharof Rashidov Mir-zachoʻlda boʻlganida, qashqadaryolik choʻlquvar-larni ziyorat qilib oʻtishga qaror qildi. — Gazetadan. Qarorga kelmoq Biror fikr, toʻxtamga kelmoq, qaror qilmoq. U
- Avazdan x,ar ne kutgan, ammo bunchalik qarorga kelar, deb oʻylamagan edi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Transport boʻyicha qabul qilingan barcha qarorlar karakatdagi sos-tavlardan toʻla va yaxshi foydalanishga qaratilgan. — Gazetadan.
- ..paxtaga bormagan bir bolani.. institutdan kaydashga qaror chiqarishgan.. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Bu kaqda gap-soʻz boʻlishi mumkin emas. Qarorning loyshasi kam bor. — J. Sharipov — Xorazm.
- Har dam kuyarman, yodimga tush-sang, Bir koʻrmaguncha ioʻqdir qarorim. — Mu-qimiy.
- Siz kabi nodir shaxsni amirlik rutbai oliisi bilan sarafroz qilmaguncha, koʻngli-miz qaror topmas. — Oybek — Navoiy; 2) oʻr-nashmoq, oʻrin olmoq.
- Turmushlari yaxshi boʻlgan joylarda esa qaror topib qolavergan-lar. — Yo. Xaimov — M. Rahmon, Hayot-mamot.
- Har kim oʻz darajasiga koʻra kar vaqt oʻtira-digan oʻrnida qaror topdi. Oybek, Navoiy
- Sanʼatda milliy shak.7 tarixan qaror topdi.. — Gazetadan.
- Koʻp oʻtmay dashtda kam yangi-cha tartiblar qaror topa boshladi. — Gazetadan. Qarori yoʻq 1) tinchi-halovati yoʻq.
- Qarorim yoʻq boray desam..; 2) — sabr-toqati yoʻq; beqaror; 3) bir ish yoki joyda qoʻnim bilmaydigan; beqaror; 4) gap-vaʼdasida tayinsiz; subutsiz — tuturigʻi yoʻq.
- Hali munda ne manzilda qaroring? Musofir mek-monim, qaydan boʻlasan? — "Ravshan".
Kelib chiqishi
a. قَرَار — toʻxtam, hukm, xulosa; tub, asos; tinchlik, orom; manzilgoh, tu-rarjoy
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0