Izohli lug‘at
qashimoq
қашимоқ
Ma’nolari
- Bosh qashishga (yoki qashigani) vaqt yoʻq yoki bosh qashigani qoʻl tegmaydi Juda band, ozgina ham boʻsh vaqt yoʻq.
Misollar
- Baqqol.. xa-ridor kutib, oppoq soqolini qashib oʻti-radi, koʻzlari oʻtgan-ketganda. — "Sharq yul-duzi".
- -Qiyin.. Ogʻayni, qiyin, — dedi iyagi-ni qashib oshpaz soldat. — 3. Fatxullin — Soʻn-mas yulduz.
- Ular \chumchuqlar\ bir-birlarini quvishib oʻynashar.. patlarini, qanot tag-larini qashib-qashib qoʻyar edilar. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Martenchilarning bosh qashigani vaqtlari yoʻq: ular koʻpdan kutilgan mashinalarni montaj qilishlari, ularni tezdan ishga solishlari kerak — N. Safarov — Saodatning qissasi.
- Mayli, ek-kanlar ekib, tikkanlar tikaversin, boshi-mizni qashishga qoʻl tegmaydi-yu.. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli. Boshini qashimoq Xijolatli, noqulay sharoitga tushganda yoki biror xayolga borganda, oʻy surganda, qoʻlni boshga yuborib, qashishga oʻxshash harakatlantirish holatini bildiradi.
- Mash-rab xijolat chekib, boshini qashidi. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa.
- Gap shu yerga kelganda, Berdi Aminovichning nafaslari ichlariga tushib, koʻrsatkich barmoqlari bilan boshlarini qashib qoldilar. — "Mushtum".
- Boshin qashib bir nafas, Botdi ogʻir xayolga. — Gʻayratiy.
- koʻzini qisib, ruchkaning dumi bilan peshonasini qashib, uzoq oʻyladi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
Kelib chiqishi
Biror joyning qichishi-ni yengillashtirish yoki bosish uchun narsa yoki tirnoq va sh. k. bilan tirnamoq, qichi-moq. U [Qudrat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0