Izohli lug‘at
qasmoq
қасмоқ
Ma’nolari
- Ust-boshga oʻtirgan qalin kir qatlami, qatirma kir.
- ayn. qazgʻoq 1.
- Biror narsaning qotib qolgan ustki qatlami; qatqaloq.
Misollar
- Yenglari bir el-lik qasmoq. Qasmoq sochiq. n
- Shuncha yurib, nima orttirding? Mana shu juldur chopon bilan qasmoq doʻppinimi? — S. Ahmad — Kadr-don dalalar.
- ..yorgʻoq boshiga yogʻ bosgan qasmoq doʻppini bostirib kiyib yuradigan bu odam.. — A. Ibodinov — "Latofat" doʻkonidagi qatl.
- Bolaligimda Oppon degan bir oʻrtogʻim boʻlardi. Sira boshidan qasmoq arimasdi. — S. Ahmad — Saylanma.
- Boshlari qasmoq bogʻlagan, oyoq yalang bolalar.. sopol kosalarda qaymoq olib oʻtadilar. — Gʻ. Rasul — Adolat.
- Shoʻri qalin qasmoq boʻ-lib yotgan bu yer oʻtgan yili bahorda inson qadami tegmaganday edi. — Y. Shamsharov — Oydin koʻllar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0