Izohli lug‘at
qasos
қасос
Ma’nolari
- Yomon, nomaqbul ish, qilmish uchun javob qaytarish maqsadi, shunga qaratilgan niyat; shu maqsaddagi ish, harakatning oʻzi; oʻch.
- Qasos olmoq Qasos tarzidagi ish, harakatni amalga oshirmoq.
Misollar
- U qasos oʻtida yonayotgan kishilarni bazoʻr toʻxtatib qoldi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Yoʻq, men taʼna qilmayman. Koʻrsin, kuyib oʻlsin. Shuning oʻzi qasos boʻladi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Shuncha koʻrgiliklari uchun eridan qasos olishga ahd qildi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Yovlarimdan qasos oldim. Uyga gʻalaba bilan qaytib keldim. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydi.
- Zumrad, sening har tomchi yoshing uchun Shirmonxonga oʻxshaganlardan qasos olaman. — S. Zunnunova — Gulxan.
Kelib chiqishi
arab. – oʻch olish; oʻch, intiqom; jazo(lash)
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0