Izohli lug‘at
qasr
қаср
Ma’nolari
- [a. — saroy, koshona, ark
- qoʻrgʻon] 1 Podsholar, xogʻshar yoki mulkdor-larning hashamatli saroyi.
- Har qanday muhtasham bino, dangʻillama uy, toq-ravoq, koshona.
Misollar
- Xoʻja Abdulla oʻngda, Mazidbek chapda yurib, Boburni ark toʻridagi qishlik qasrga boishab keldilar. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Registonmay-doni podsho qasrining oldidagi maydonga emas, iflosliklar bilan toʻldirilgan qish-loq bozorlari maydoniga oʻxshardi. — S. Ayniy — Esdaliklar.
- Toʻrt tomoni gumbazli qasrlar bilan oʻralgan qalʼaning temir darvozasi lang ochilib.. Isfara chiqib keldi. — M. Mahmudov — Mangu kuy izlab.
- ..balandlikdagi saroy ichidagi qasrlarda hokimlar bazm qurib, hozir sar-xush uxlab yotishibdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0