Izohli lug‘at
qat
қат
Ma’nolari
- Qavat-qavat yoki qatlam-qat-lam narsalarning xar bir qavati, qatlami.
- Taxlangan, buklangan narsalarning orasi.
- Maʼlum qalinlikdagi yoyiq narsalar qatlami, qavat.
- Sahifa, varaq.
- kam qoʻll. ayn. qator 1.
- Marta, karra, qatla.
Misollar
- Toʻrt qat buklangan koʻrpacha. m
- Azmiddin bir varaq qogʻozdagi bir necha qat buklangan xatni olib, chiroq shuʼlasiga tutib, koʻzdan kechirdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Imonim-ni asrayman desang, bu yerlardan boig olib ketish kerak. Boʻlmasa, yetti qat yer tagi-da yonib turgan doʻzaxda qovurilasan. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Koʻrpaning qati. yaya Hojimat bel-bogʻining qatidan qogʻoz chiqazib tashladi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Mehri opa birinchi konvertni ochdi.. Ikkinchisini ochdi-yu, xatning qatidagi rasmga koʻzi tushishi bilan toʻxtab, unga tikilib qoldi. — R. Fay-ziy — Ona.
- Bir bechoraning chekkan xoʻr-ligini oʻylab, har kuni bir qat etdan tushaman. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Mana, men geolog, necha yildirki, Tinmay oʻrgana-man tuproq qatini. — Zulfiya.
- Varaqlanar yetimlikning daftarin qati. — Gʻ. Gʻulom.
- Oyna opa ichki bir titroq moeyui bilan ingrandi. Qansha-rida ikki qat ajin boʻrtdi. — Sh. Xolmir-zayev — Toʻlqinlar.
- Biroq uning tash-vishi ikki qat oshdi.. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Ayniqsa, keyingi paytlarda ish chalkashib, oʻn qat ogʻirlashib ketdi. — Oybek — O.v. shabadalar.
- Nega, koʻnglim, boʻlding be-toqat? Tinchman, dedim senga necha qat. — Mirtemir.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0